Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:45

Chirchiqda xotinini ko‘chada otgan militsioner qidiruvga berildi


Chirchiq shahrida fuqaroviy nikohidagi ikkinchi xotinini otib o‘ldirishda gumon qilinayotgan militsiya serjanti Qobil Imomov qidirilmoqda. Hozircha bu jinoyat motivlari noma‘lum. Keyingi paytlarda O‘zbekistonda aholi xavfsizligiga mas‘ul IIB xodimlarining xizmat qurolidan fuqarolar otilayotganiga oid xabarlar ko‘paygani kuzatilmoqda.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi qo‘riqlash xizmati serjanti Qobil Imomov nikohidagi ikkinchi xotini G.T.ni (marhuma ayolning ismi sir saqlanmoqda. - Tahr.) kuppa-kunduz kuni ko‘chada otib o‘ldirgan.

Hodisa 27 oktabr kuni Chirchiq shahrining 9-mikrorayonida ro‘y bergan.

Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi qo‘riqlash xizmati serjanti Imomov qotillik ro‘y bergan joydan g‘oyib bo‘lgan. Hozircha militsiya xodimi o‘z ayolini otib o‘ldirgani sabablari ma‘lum emas.

Ayni paytda Qobil Imomovning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘idagi uyi OMONchilar tarafidan o‘rab olingan.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, Qobil Imomov o‘z xotinini PK -16 xizmat to‘pponchasidan otib o‘ldirgan.

Chirchiq tumani IIB serjant Imomov nikohidagi ikkinchi xotinini otib o‘ldirganlikda gumonlanib, qidirilayotganini tasdiqladi.

- Qobil Imomov kecha soat uchlarda navbatchilikka chiqishi arafasida shunaqa holat ro‘y bergan. Chirchiqni 9-mikrorayinida mashinasini yo‘l chetiga qo‘yib, "Makarov" to‘pponchasi bilan xotiniga qarata uchta o‘q uzgan. Keyin qo‘lida qurol bilan mashinada g‘oyib bo‘lgan. Hozir u qidiruvga berilgan, - dedi Chirchiq militsiyasi xodimlaridan biri.

Qobil Imomovning qo‘shnilariga ko‘ra, u besh yil avval birinchi xotini bilan ajrashib, G.T. ismli ayol bilan nikohlangan. Ammo, juftlik nikohini rasmiylashtirmagan.

- Ularning to‘rt yashar o‘g‘li ham bor. Birinchi oilasidan uch farzandi ham bor. Birinchi oilasi bilan rasman ajrashgan. Birinchi xotinidan tug‘ilgan farzandlariga aliment to‘lab kelgan, - deb bildirdi qidirilayotgan chirchiqlik militsiya xodimining qo‘shnisi.

Bu O‘zbekistonda militsiya xodimi tomonidan fuqarolarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq yagona voqea emas.

O‘tgan yili 31 dekabr oqshomida Jizzax viloyati, Zomin tumanida militsiya polkovnigi To‘lqin Dovurbekov yangi yil bazmi payti o‘zining ikki ukasini otib o‘ldirgani viloyatda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Hozirgi paytda Dovurbekov hibsda saqlanmoqda.

Bundan avval ayni viloyatda militsiya xodimi mast holatda 17 yashar yigitni otib o‘ldirgan edi.

Mahalliy matbuot nazaridan chetda qolib keladigan bu kabi hodisalar o‘zbek jamiyatida qo‘lida quroli bor militsiya xodimlaridan aholi qanchalik himoyalangan, degan savollarni o‘rtaga chiqarmoqda.

Toshkentdagi Mustaqil inson huquq himoyachilari tashabbus guruhining rahbari Sur‘at Ikromov Ozodlik bilan suhbatda so‘nggi xolatlar O‘zbekiston militsiyasiga kadrlarni ishga yollash jarayoni naqadar korruptsiyalashgani bilan bog‘liq ekanini aytadi.

Суръат Икромов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG