Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:33

Vladimir Putinning rossiyaliklar orasida reytingi pasaydi


Rossiyaning “Levada” Ijtimoiy so‘rov markazi so‘nggi oylarda prezident Vladimir Putinning aholi o‘rtasidagi reytingi tushib borayotganini qayd etdi. Markaz ta‘kidicha, hozir Rossiyada Putinni qo‘llovchilar soni 49 foizga tushgan. Avust oyida esa bu ko‘rsatkich 57 foizni tashkil etgan edi.

“Levada” markazi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, 2014 yil boshidan beri tarafdorlari soni 66 foizdan oshgan prezident Putin reytingi sentyarbda eng yuqori nuqta - 87 foizga yetgan edi.

Ammo, G‘arb davlatlari sanktsiyalari hamda neftь narxining keskin pastlashi ortidan rus valyutasining yevro va dollarga nisbatan qadrsizlanib borayotgani bois, Rossiya prezidenti reytingi birdaniga 6 foizga tushib ketgan.

“Levada” olib borgan so‘rovda hozir Rossiyada saylov o‘tkazilsa, rossiyaliklarning 49 foizi Vladimir Putinga ovoz berishi aniqlangan. Vaholanki, avgustda Putinga ovoz beruvchilar 57 foizni tashkil etganini qayd etgan edi xuddi shu markaz.

Shuningdek, hokimiyat partiyasi sanalgan “Edinaya Rossiya” obro‘-e‘tibori ham rossiyaliklar nazarida biroz pasaygani kuzatilgan. Ayni paytda Rossiya Kompartiyasi rahbari Gennadiy Zyuganovning reytingi 3-4 foizga oshgani aniqlandi.

Mutaxassislar Rossiya davlat rahbari reytingining tushishini ijobiy baholab, bu yaqingacha hukmron bo‘lib kelayotgan jamiyatda keskinlik kayfiyati tushganidan darak ekaniga e‘tibor qaratmoqda.

Ayni paytda, “Levada” markazi direktori Aleksey Grajdankin siyosiy liderlar reytingi doimiy ravishda yuqori nuqtada tura olmasligi va qachonlardir pastlashi odatiy hol ekanini aytadi.

Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentning reytingi ko‘tarilib tushishi tabiiy hol ekani va Kremlda unga “unchalik e‘tibor bermasliklari”ni ta‘kidlab o‘tdi.

“Levada" markazi rahbarlaridan biri, sotsiolog Lev Gudkov bu ko‘rsatkichlarning asosini oddiy xalqda shakllangan “Vladimir Putin o‘rniga hech kim mamlakatni boshqara olmaydi” degan tasavvurdan qidirish kerakligini aytadi.

- Bir tomondan, hozirgi kunda Putinga muqobil yetakchining yo‘qligi to‘g‘risidagi tasavvur ommaga singdirilgani, boshqa tomondan esa odamlarning o‘zida “u rostdan ham odamlarga buyuk o‘zgarishlar olib keladi”, degan xom xayol parvarishlanmoqda. Tanlash imkoniyati yo‘qligi va puch ishonchlar Putinning hozircha xalq orasida ommaviy qo‘llab-quvvatlanishiga sabab bo‘lmoqda. Axir yil boshida 60 foiz rossiyalik Putindan va‘da qilinganlarni kutaverib charchaganini aytayotgan edi, - deya izoh berdi jamiyatshunos Lev Gudkov.

Biroq, Rossiyada mavjud va Kremlga yaqin bo‘lgan boshqa sotsiologik tadqiqot markazlari so‘rovlari Vladimir Putinning nufuzi pasaygani kuzatilmaganini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG