Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:01

O‘shda uchastka noziri yigitlarni o‘zbekistonlik, deb gumon qilgani uchun kaltakladi


Kaltaklangan yigitlar O‘sh shahar prokuraturasiga arz qildi.
Kaltaklangan yigitlar O‘sh shahar prokuraturasiga arz qildi.

23 oktabr kuni O‘sh shahrining Turon shaharchasidagi yo‘lakka yotqiziluvchi tosh ishlab chiqaradigan tsexning uch ishchisini uchastka noziri kaltaklagani, kaltaklanganlardan biri, 26 yashar Burhoniddin Bahriddinov olgan jarohatlaridan xushini yo‘qotgani va kasalxonaga yotqizilgani bugun ma‘lum bo‘ldi. Biroq uchastka noziri Mamat Akmatov Ozodlikka bunday voqea bo‘lganini inkor etdi.

Militsiya xodimidan kaltak yegan uch o‘zbekdan biri Burhoniddin Bahriddinov 29 oktabr kuni kasalxonadan tushdi.

Uning aytishicha, qarindoshlari Nuriddin Nurmatov va Muhammadyusuf Bahriddinovlar bilan birga O‘sh shaxri Turon shaharchasida yo‘lakka yotqiziladigan tosh ishlab chiqaradigan tsexni yuritishadi.

Shu yilning 23 oktabr kuni buyurtma yo‘qligi sababli, ular yangi sotib olingan "Matiz" avtomashinasini yuvishayotgan paytda uchastka noziri Mamat Akmatov kelgan va yigitlardan tsex xamda mashina hujjatlarni talab qilgan:

- Zakazimiz yo‘qligi uchun mashinani yuvayotgan edik, chaqirib qoldi. Eshikni ochdik, kirib, hech narsadan hech narsa yo‘q, so‘kinib ketdi. “Menga hisobot berishmaysanmi”, deb mashina hujjatlarini so‘radi. Hujjatlar uyda edi “kechasi bo‘ladi, hujjat oldimizda emas edi”, dedik. Keyin nega menga hisobot berishmading, deb meni urdi. Akam bu mening ukam bo‘ladi, qo‘ying, desam, uni ham urdi. U formada edi, shuning uchun biz urolmadik. Biz uch kishi edik, yana bir ukamiz bor edi, uni ham urdi. Uchchalamizni xam urdi, g‘alva bo‘lib qo‘shni chiqqan edi, uni ham urdi bekordan bekor. Meni faqat boshimga urdi. Xushimdan ketdim. Akamning aytishiga karaganda, o‘zimni bilmay qolibman, miyam chayqalib kasalxonada yotib chiqdim, deydi Burhoniddin Bahriddinov.

Militsiya xodimidan kaltak yegan yigitlardan yana biri Nuriddin Nurmatovga ko‘ra, ularning tsexida bir necha yil avval o‘zbekistonlik yigitlar ishlagan, va bundan militsiya nozirining xabari bo‘lgan. Mamat Akmatov uning jiyani Burhoniddinni O‘zbekiston fuqarosi, deb o‘ylab hujjat talab qilgan.

- Bu yerda avval o‘zbekistonlik yigitlar ishlagan edi, Burhoniddinni o‘shalar kabi o‘zbekistonlik deb o‘yladi. “Senlar yana kelibsan, nega menga aytmaysan”, deb qoldi. Keyin ukam pasportini kursatdi, men O‘n adirlik bolaman, deb. Keyin mashinaning hujjatini so‘radi, keyin “Menga nega hisobot bermay mashina remont kilayapsanlar”, deb so‘kib ketdi. Biz “Aka bu o‘zimizning mashina birovniki emas”, deb ukam aytdi, deydi Nuriddin Nurmatov.

Bir necha kun oldin yigitlar O‘sh shahar prokuraturasiga militsiya xodimi ustidan ariza bilan murojat qilgan. Ularga xuquqiy yordam ko‘rsatayotgan o‘shlik advokat Mahmudjon Yusupovga ko‘ra, xozirda militsiya xodimi jabrlangan yigitlarni o‘zi va tanishlari orqali qo‘rqitishga o‘tgan. Yigitlar sud tibbiy ekspertizasidan o‘tgan va uning qarori ertaga chiqishi kutilmoqda.

Hozir ekspertiza xulosasi chiqqanidan keyin prokuratura baho beradi. Xulosaga qarab, jinoyat ishi yo yengil tan jarohati yetkazilgani yoki og‘ir tan jarohati yetkazilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkinligi to‘g‘risida baho beradi, deydi Mahmudjon Yusupov.

Biz O‘sh shahar Turon shaharchasi uchastka noziri Mamat Akmatov bilan xam bog‘landik. Mamat Akmatov, "bunday voqea bo‘lmagani"ni va "bu so‘zlar yolg‘on" ekanini aytdi.

XS
SM
MD
LG