Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:49

Moskva shahri va oblasti ma‘murlari o‘zbekistonliklarni badarg‘a qilmoqda


O‘zbekistonlik ikki mehnat muhojiri Podmoskovyedan sud qarorisiz badarg‘a qilindi. Deport qilingan o‘zbeklarning himoyachisi Rossiya migratsiya, politsiya va sud idoralari birgalashib mamlakatda qonuniy yashayotgan va mehnat qilayotgan muhojirlarni badarg‘a qilish uchun yangi-yangi usullarni kashf qilayotganini gapirmoqda. Shunday qilib, Moskva shahridagi reydlar Moskva viloyatiga ham ko‘chgani ma‘lum bo‘ldi.

O‘zbek muhojirlari sudsiz deportatsiya qilindi

Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan tinglovchilarimizdan biri Ozodlikka yozgan xatida hamma zaruriy hujjatlari joyida bo‘lganiga qaramasdan jarimaga tortilgani va deportatsiya qilingani to‘g‘risida hikoya qildi:

“Assalomu alaykum Ozodlik radiosi. Men hozir Rossiyadaman, ish joyida emas, kvartirada ushlashdi bizlarni. Menda patent bor edi - har oy patent to‘lab borardim. Shunga ishonib men ham dokumentlarimni berdim politsiyaga. Ular tekshirdi-da, menga aytishicha, registratsiya bo‘lmagan joyda yashayotgan ekanman. Meni deport qildi va yana 5 ming rubl shtraf qildi”, deb yozdi nima qilishini bilmay qolgan muhojir ayol.

Bu xat ortidan Ozodlik Moskva viloyatining Podolsk shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi – Tog‘ayev Faxriddin va Norboyev Sheralilar ayni ablovlar bilan Rossiyadan deportatsiya qilinganini aniqladi.

O‘zbek muhojirlarini o‘z himoyasiga olgan moskvalik advokat Abusufyon Gaytayev bu ikkalovi sud qarori chiqmasdan va barcha Rossiya qonunlariga zid ravishda mamlakatdan jo‘natib yuborilganini Ozodlikka gapirib berdi.

- Men Tog‘ayev va Norboyev ismli ikki nafar o‘zbek yigitning ishi bilan shug‘ullanayotgan edim: ular Podolsk shahar sudi tomonidan jarimaga tortilgan va deportatsiya qilingan edi, deydi advokat.

- Ular go‘yo qaydda turgan joyida yashamagani uchun ayblangan. Ular boshqa joyda qaydda turgan va hozir chiqqan qonunlarga binoan aynan o‘sha joyda yashashi kerak ekan. Bu axmoqona qonunlarni kim qabul qilgan bilmadimu, unga ko‘ra istagan xorij fuqarosini ko‘chada ushlab “Sen qayd joyingda emassan!”, deb qamab qo‘yish yoki deportatsiya qilish mumkin! Bu yigitlarning hamma hujjatlari joyida, patent bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan. Kecha Moskva shahar sudida bizning bu qaror ustidan shikoyatimiz ko‘rib chiqilishi kerak edi, ammo noma‘lum sabablarga ko‘ra, sudga o‘zbekistonliklar olib kelinmagani sababli qoldirildi. Bugun kechasi Faxriddin Tog‘ayev va Sherali Norboyev sud qarori chiqmasdan ertalabki 7 da Domodedovo-Toshkent uchog‘ida jo‘natib yuborilibdi, deydi advokat Abusufyon Gaytayev.

Himoyachining ma‘lum qilishicha, sirdaryolik 42 yoshli Faxriddin Tog‘ayev va 32 yoshli samarqandlik Sherali Norboyev Rossiyaning barcha mavjud qonunlariga xilof ravishda deportatsiya qilingan.

U FMS, politsiya va boshqa idoralarning xorij fuqarolariga nisbatan bunday o‘zboshimchaligi va bedodligi jazosiz qolishiga ishonayotgan mutasaddilar tomonidan amalga oshirilganiga ishonayotganini bildirdi.

- Bu qonun mutlaqo demokratiyaga zid. Xulosa shuki, u aynan migrantlarga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan. Ya‘ni, har qanday muhojirni bugungi kunda qonunbuzar etib ko‘rsatish mumkin. Qizig‘i, markaziy mintaqa sanalgan Moskva, Peterburg va Moskva viloyatida bu qonunbuzarlik uchun faqat bir xildagi jazo belgilangan: jarimaga tortib, badarg‘a qilish, deydi o‘z kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashgan moskvalik advokat Abusufyon Gaytayev.

“Migrant-2014” reydlari davom etmoqda

Ayni paytda, Moskva politsiyasi, FMSi va OMON jangchilari 23 oktyabrdan 2 noyabrga qadar “Migrant-2014” deb nomlangan tozalash amaliyotini o‘tkazmoqda.​

Россиядан депортация қилинган муҳожирлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:51 0:00

(Video Facebook foydalanuvchisi Bahrom Ismoilov tomonidan taqdim qilindi)

Moskva shahrida davom etayotgan “tozalash” reydlari davomida o‘tgan besh kunda 27 ming mehnat muhojiri politsiya bo‘limlariga olib kelinib, shaxsiy ma‘lumotlari hamda ularning Rossiyada bo‘lishi qonuniyligini tekshirish uchun so‘roq qilingan. Shulardan, 7 ming nafari ma‘muriy javobgarlikka tortilgan.

Politsiya boshqarmasida Ozodlik so‘roviga bir necha kun ichida o‘tkazilgan 3400 operativ –qidiruv amaliyotlari davomida Moskvada muhojirlar to‘planishi mumkin bo‘lgan jami 32 ming ob‘ekt ko‘zdan kechirilgan.

Ozodlikka kelayotgan ma‘lumotlardan reydlar nafaqat Moskva shahrining o‘zi, balki Podmoskovyega ham ko‘chgani ma‘lum. O‘zini Kamoljon, deb tanishtirgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda Moskva viloyat politsiyasi ochiqchasiga “qora”larga shahar ko‘chalarida yurish taqiqlayotganini gapirdi.

- Bir hamqishlog‘imiz, Mustafaqulov Uchqun, ketishga bilet olgan edi. Balashixada ishlayotgan edi. Patent, razresheniyesi – hammasi bor. Ko‘chaga chiqqan, sovg‘a-salom olgan, shu payt politsiya ushlagan. Akasi aytib qoldi: dushanba kuni sud bo‘ldi – 5 yilga deport va shtraf 5 ming. Ketdi. Sababi – Balashixada yurish mumkin emas ekan “chyorniylarga”. O‘sha qo‘lga tushgan bolaning o‘zi aytib beryaptiki, mashinada yo‘l-yo‘lakay ketayotgan o‘zbeklarni to‘xtatibdi. “Mashinamiz bor, magazinga kirib chiqyapmiz”, desa, “Yo‘q, bu yerda yurishlaring mumkin emas”, deb pul olibdi, deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG