Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:12

Shvetsiya Falastinni davlat deb tan olgan ilk YeI davlati bo‘ldi


Shvetsiya rasman Falastin davlatini tan oldi. Yevropa mamlakatlaridan birinchi bo‘lib Falastinni tan olgan Shvetsiyaning qarori Isroil hukumati tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.

Rasmiy Stokholmning 30 oktabr kungi qarori kutilgan edi, chunki Shvetsiya Falastinni davlat sifatida tan olish niyati haqida shu oy boshrog‘ida bildirgan edi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Uollstrom Falastinning davlat deb tan olish qarorini e‘lon qilar ekan “Bu falastinliklarning o‘z taqdirini hal etish huquqini e‘tirof etishga qaratilgan muhim qadamdir”, deya bayon qildi.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Shvetsiyaning qarorini “jasur va tarixiy”, deya atadi va boshqa davlatlarni ham undan o‘rnak olishga chaqirdi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman esa Shvetsiyaning Falastinni davlat deb tan olish “qarori taassufga loyiq hamda ekstremist elementlar va muzokaralardan bosh tortayotgan falastinliklarni rag‘batlantiradi xolos”, deya e‘tiroz bildirdi. Shvetsiya hukumati Yaqin Sharqdagi munosabatlar oson yig‘iladigan IKEA mebelidan ko‘ra ancha murakkabroq ekanini tushunishi kerak”, deya bayon qildi Liberman.

XS
SM
MD
LG