Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:27

Ishtixonda maktab o‘quvchilari paxta termoqda


Ishtixondagi 21-o‘rta maktab oldida maktab o‘quvchilari paxta tozalamoqda.
Ishtixondagi 21-o‘rta maktab oldida maktab o‘quvchilari paxta tozalamoqda.

O‘zbekistonda paxta plani bajarilib, terim mavsumi deyarli tugab bo‘lgan bir paytda Samarqandning Ishtixon tumanida maktab o‘quvchilari paxta terishga majburlanayotir.

Ozodlik manbaalariga ko‘ra, maktab o‘quvchilari Ishtixon tumanida kuzgi ta‘til payti paxta terayapti, ko‘rak chuvishga majbur qilinayapti.

- 21-o‘rta maktabda 10 kilogramm paxta olib kelmagan o‘quvchi darsga kirgizilmayapti, - deydi ismi sir qolishini istagan ishtixonlik otaxon.

Ozodlik manbaalari jo‘natgan fotosuratda Ishtixondagi 21-o‘rta maktab oldida o‘quvchilar ko‘rak chuvayotgani va paxta tozalayotgani aks etgan.

– Men yaqinda Rossiyadan qaytib keldim. O‘zbekistonda bolalar paxtaga chiqarilmayapti, deb eshitgandim. O‘quvchilar "po polnoy programme" paxtaga majburlanayapti, - deydi Ishtixondagi Ozodlik manbaasi.

Ishtixonlik sobiq maktab direktori Jahongir Turdiyev Ozodlik bilan suhbatda tumandagi ayrim maktab o‘quvchilari kuzgi ta‘til chog‘ida paxta terishga safarbar etilganini tasdiqladi.

- Tuman gazetasida paxta rejasi bajarilgani haqida to‘rt sahifalik maqola berilganidan so‘ng kuni kecha tuman hokimi selektor yig‘ilishida paxta terimi 10 noyabrgacha davom etishini aytdi. Hokim farmoyishiga ko‘ra, barcha byudjet tashkilotlari ishchi-xizmatchilari, maktab o‘qituvchilari terimga chiqarilishi shart. Lekin ba‘zi maktablarda 7-9 sinf o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilganiga o‘zim guvoh bo‘ldim, - dedi Turdiyev.

Ishtixon tuman hokimiyatidagilar ham, tuman Xalq ta‘limi bo‘limi rasmiylari ham o‘quvchilarning paxtaga jalb etilganini qat‘iyan rad etishmoqda.

Avvalroq Ozodlik Qashqadaryoning Nishon tumanida maktab o‘quvchilari paxtaga safarbar etilgani haqida xabar bergan edi.

Paxta mavsumi boshida O‘zbekiston hukumati bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlashga ko‘rsatma bergan, hatto bunga yo‘l qo‘ygan amaldorlarni jazolashni va‘da qilgan edi.

Shunga qaramay, Samarqand va Qashqadaryo viloyati tumanlarida bolalarni paxta terimiga safarbar qilish, "jajji qullar" mehnatidan foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

XS
SM
MD
LG