Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

Boko Haram o‘g‘irlangan qizlarni uylariga qaytarmoqchi emas


Boko Haram guruhi e‘lon qilgan videodan olingan tasvir.
Boko Haram guruhi e‘lon qilgan videodan olingan tasvir.

Nigeriyada Boko Haram guruhi rahbari Abubakr Shikoiy shu yilning aprel oyida o‘g‘irlangan 200 dan ziyod qiz allaqachon erga berib yuborilgani uchun bu masala yopilgani haqida videomurojaat tarqatdi.

Associated Press agentligining qayd etishicha, Boko Haram rahbarining bu bayonoti o‘g‘irlangan qizlarni uyga qaytarish bo‘yicha muzokaralar barbod bo‘lganini anglatishi mumkin.

Yarim yil muqaddam Boko Haram guruhi janggarilari Nigeriya shimoliy-sharqida joylashgan Chibok shahridagi maktab-internatning 276 nafar tarbiyalanuvchisini o‘g‘irlab ketgandi. O‘shanda ellik chog‘li qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan, ammo ulardan 219 nafari hali ham asoratda qolmoqda.

Bu jinoyat qizlarni ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli xalqaro kampaniya boshlanishiga turtki bergandi.

Boko Haram rahbari kuni kecha e‘lon qilingan o‘z videomurojaatida Nigeriya hukumati tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan otashkesim taklifini ham rad qilgan. Avvalroq, ya‘ni 17 oktabr kuni Nigeriya rasmiylari islomiylar bilan sulh tuzish bo‘yicha bitimga kelishga muvaffaq bo‘lganlarini bildirgandilar.

XS
SM
MD
LG