Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:12

Taliga: O‘zbekistonda bolalar mehnatiga qarshi biroz oldinga siljish kuzatildi


BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) eksperti O‘zbekistonda paxta yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yishda biroz oldinga siljish bo‘lganini ma‘lum qildi.

Xalqaro mehat tashkilotining Toshkentdagi vakili Xarri Taliga ko‘ra, paxta yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalanilayotgani muammosini o‘rganish uchun bu yil ilk bor O‘zbekistonda hukumati yetakchiligida monitoring o‘tkazilgan.

- Shuni aytishim mumkinki, paxta terishda bolalar mehnatidan foydalanilganini monitoring qilish vazifasini O‘zbekiston o‘zi uddalay oldi. Vaziyat yaxshilanmoqda, deya bayon qildi juma kungi qilgan chiqishida, monitoring dasturini amalga oshirishda ko‘maklashgan Xarri Taliga.

2008 yilda O‘zbekiston Xalqaro tashkilotning Eng yomon ko‘rinishdagi bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi konventsiyani ratifikatsiya qilgan va bolalar mehnatiga chek qo‘yish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlagan.

Hisobot natijasiga ko‘ra, bu yilgi paxta mavsumida 49ta holatda 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarning paxta dalalarida bo‘lgani kuzatilgan. 41ta xolatda ular ota-onalari yoki o‘z tashabbuslari bilan paxta terayotganlarini iddao qilishgan.

Natijada qator fermerlar va kollej direktorlari jami 12 million so‘m miqdorida jarima to‘lagan.

XS
SM
MD
LG