Линклар

- Islomlashishga zo‘r berish zamirida qirg‘izni manqurtlashtirishning yana bir amali, milliy qadriyatlarni yo‘qotish maqsadi yotibdi. Biz qirg‘izlar arablashib ketsak, o‘sha xalqning urf-odatlarini qo‘llab, kiyimini kiyib, tilida so‘zlashib qolamiz. Millatimizni yo‘qotamiz, dedi Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat Mudofaa kengashi majlisida.

3 noyabr kuni Qirg‘iziston Mudofaa kengashi Davlatning diniy sohadagi siyosati konsepsiyasini muhokama qildi.

Mazkur hujjatning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat bo‘ladi?

Bu sohada o‘zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan repressiyalar boshlanib ketmaydimi?

Konsepsiya qabul qilingach, diniy sohadagi Qirg‘iziston siyosatining O‘zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat bilan o‘xshashliklari va tafovutlari nimada bo‘lishi mumkin?

“Islomiy davlat” guruhi va uning yetakchisiga bay‘at bergani aytilayotgan “Kotibat al-Imom Buxoriy” guruhi qanday guruh?

Shu va boshqa savollarni Qirg‘izistonning sobiq qozisi, islom olimi Sodiq xoji Kamoliddinga berdik.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG