Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:10

Konchita Vurst BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun oldida kuyladi


“Evrovideniye-2014” qo'shiq tanlovi g'olibi soqolli ayol Konchita Vurst Vena shahrida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Bosh kotib transvestit Vurstni diskriminatsiya va toqatsizlikka qarshi kurashdagi sa'y-harakatlari uchun maqtadi.

Ozchiliklarga nisbatan kamsitishlarga chek qo'yish haqida nutq so'zlagan soqolli xonim Pan Gi Mun oldida ikkita qo'shiq kuylab bergani ham xabar qilinmoqda.

Konchita Vurst taxallusi bilan tanilgan avstriyalik transvestit Tomas Noyvirt joriy yilning may oyida Daniyada o'tgan “Evrovideniye-2014” qo‘shiq tanlovining final bosqichida g‘alaba qozongan edi.

Noyvirtning nufuzli qo'shiq tanlovidagi zafari Yevropadagi tolerantlilikning ramzi o‘laroq baholanmoqda.

XS
SM
MD
LG