Линклар

logo-print

Apple shirkati rahbari Tim Kuk o'zining besoqolbozligini e'lon qilishi ortidan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi texnoparkda Stiv Jobs xotirasiga o'rnatilgan yodgorlik olib tashlandi.

Axborot texnoligiyalari ilmiy-tadqiqot universitetiga qarashli texnoparkdagi yodgorlik ulkan iPhone smartfoni shaklida bo'lib, Apple shirkatining taniqli asoschisi Stiv Jobs xotirasiga 2013 yili qo'yilgan edi.

Interaktiv "tachskrin" ekranli yodgorlik Jobs va uning boshchiligida yaratilgan apparatlar haqida elektron ma'lumot berishga mo'ljallangan bo'lgan.

Ushbu texno-yodgorlik buyurtmachisi "G'arbiy Yevropa moliyaviy ittifoqi" korporatsiyasi yodgorlik ikki sabab tufayli olib tashlanganini ma'lum qildi.

Birinchisi Rossiyada balog'atga yetmaganlar o'rtasida gomoseksualizmni targ'ib qilishga qo'yilgan taqiq bo'lsa, ikkinchisi AQSh razvedka xizmati sobiq xodimi Edvard Snoudenning Apple shirkati foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma'lumotni AQSh maxfiy xizmatlariga taqdim etishini fosh qilganidir.

31 oktabr kuni Apple shirkati rahbari Tim Kuk o‘zining besoqolbozligini e'lon qilib, bundan faxrlanishini ma‘lum qilgandi. U 2013 yil kuzida, Apple asoschisi Stiv Jobs saraton kasalligidan vafot etishi arafasida shirkat rahbari etib tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG