Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:57

Gaz va svet yo‘q sharoitda uyimni qanday isitib¸ qanday yoritaman?


O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati minusga tushib borayotgan ayni kunlarda mamlakatdagi energetik bo‘hron yangidan bo‘y ko‘rsatmoqda. Ozodlikka bo‘layotgan aksar murojaat va savollar aholi tabiiy gazdan uzilib¸ elektr quvvati berish ham sanoqli soatga tushirilgan hozirgi sharoitda qishdan qanday omon chiqish tashvishi bilan bog‘liq.

Davlat o‘z fuqarosi oldidagi asosiy funktsiyalardan birini bajarmayotgan sharoitda aholi o‘z aqli va qurbi yetgani qadar bu muammoni davlatdan avtonom tarzda hal qilishga urinmoqda.

O‘zbekistonda yil sayin keskinlashib borayotgan energetik bo‘hron – qishda uylarni qanday isitib¸ qanday yoritish muammosini qanday hal etish¸ asosan¸ bu muammoni mustaqil hal etish uchun qancha mablag‘ sarflash qaroriga bog‘liq.

Qo‘li yupqa qatlam tezak va o‘tin¸ shamu piltachiroqqa qaytgan bo‘lsa¸ o‘rtacharoqlar ko‘mir va dvijok bilan qishlamoqda.

Ammo muammoning surunkali tus olgani¸ hukumatning yechim o‘rniga turli bahona va aldovga o‘tib olganini anglagan qo‘lida puli borlar uning bir martalik emas¸ balki doimiy yechim ustida bosh qotirmoqdalar.

Mehnat muhojiratida ishlab¸ vatanida yangi hovli-joy qilib¸ o‘z ijtimoiy maqomini ko‘targanini taxmin qilganlar ham endi gaz va svet muammosini hukumatga umid qilmasdan yechish yo‘llarini qidirmoqda.

Xo‘sh¸ hozirgi O‘zbekiston sharoiti va bozorida mavjud imkonlardan kelib chiqib¸ gazsiz va svetszi qoldirilayotgan hududlardagi uyni qanday isitib¸ qanday yoritish mumkin?

Ozodlik bu savol bilan aholiga muqobil energiya manbalari taklif qilayotgan O‘zbekistondagi ikki shirkat mutaxassisiga murojaat qildi.

Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ muqobil energiya manbalaridan foydalanish muammoga yechim bo‘la oladi¸ faqat qimmat yechim.

Yechimlardan asosiysi¸ tomga quyosh batareyalari¸ yer tagiga esa issiqlik nasosi o‘rnatishdir¸ deydi suhbatdoshlardan biri:

Муқобил ëнилғи манбалари бўйича мутахассис
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00
Бевосита линк

Muqobil energiya bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassis fikrlari edi.

Ozodlik suhbatlashgan yana bir mutaxassis bunday yechimning gaz va elektr quvvatidagi uzilishlar bir necha soatdan oshmaydigan Toshkent kabi shaharlardagi hovlilar sharoitiga to‘g‘ri kelishi¸ lekin gaz va svetsiz yashayotgan qishloq sharoitida ishlamasligi¸ ishlagan taqdirda esa¸ o‘ta qimmatga tushishini ta‘kidlaydi:

Муқобил ëнилғи манбалари бўйича мутахассис
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:15 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik mutaxassis fikrlari edi.

Boshqa bir mutaxassisga ko‘ra¸ hukumatning aholiga gaz va svet berishidan umidini butkul uzib¸ o‘z hovlisini energetik ta‘minot bo‘yicha mustaqil hududga aylantirishga qaror qilganlar uy-joyining katta-kichikligiga qarab¸ 5 mingdan 15 ming dollargacha xomcho‘t qilishi kerak bo‘ladi.

Hozirda vodoroddan yonilg‘i manbai sifatida foydalanishga asoslangan yangi texnologiyalar O‘zbekistonga ham kirib kelmoqda va muammoning bu yechimi nisbatan arzon bo‘lishi mumkin¸ deydi bu suhbatdosh.

Муқобил ëнилғи манбалари бўйича мутахассис3
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00
Бевосита линк

Muqobil yonilg‘i manbalari bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassis fikrlari edi.

Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ hozircha aksar aholi muammoning qisqa muddatlik¸ nisbatan arzon yo‘llaridan foydalanishga urinmoqda. Ammo arzonning sho‘rvasi tatimas¸ maqolini tasdiqlash barobarida katta quvurdan kelayotgan gazni turli qo‘lbola nasoslar vositasida tortishga asoslangan bunday vaqtinchalik choralar¸ mamlakatdagi energetik bo‘hronni yanada og‘irlashtirmoqda¸ xolos.

XS
SM
MD
LG