Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:05

Imomali Rahmon Tojikistonda so‘z erkinligi hurmat qilinishini iddao qildi


Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakatda so‘z erkinligi mavjudligi va bunga mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan “yuzlab” hususiy OAVlar dalil ekanini aytdi.

5 noyabr kuni Tojikiston Konstitutssiyasining 20 yilligi munosabati bilan Dushanbeda uyushtirilgan marosimda chiqish qilgan prezident mamlakat bo‘ylab 307ta xususiy va 209ta davlatga qarashli gazeta va jurnallar, 49ta xususiy va 19ta davlat egalik qiluvchi tele-radio kompaniyalar hamda o‘nlab xususiy axborot agentliklar borligini bildirdi.

Rasman mustaqil bo‘lishiga qaramay, Tojikistondagi aksar gazeta va jurnallar siyosiy mavzularni chetlab o‘tadi va hukumatni tanqid qiluvchi maqolalarni nashrga bermaydi.

Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti 2013 yilgi hisobotida Tojikistonda "jurnalistlarga nisbatan qo‘rqitish va zo‘ravonlik saqlanib qolgani"ni ma‘lum qilgan.

Bundan tashqari, so‘nggi paytda tojik hukumati qator veb-saytlarga, jumladan, Facebook va YouTube kabi yirik internet xizmatlariga to‘siq qo‘yib kelmoqda.

Tojikistonda Konstitutsiya kuni 6 noyabrda nishonlanadi.

XS
SM
MD
LG