Линклар

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qatorasiga ikkinchi bor nufuzli Forbes jurnali tarafidan dunyodagi eng qudratli inson sifatida e‘tirof etildi.

Ikkinchi o‘rinni AQSh prezidenti Barak Obama, uchinchi o‘rinni uning xitoylik hamkasbi Si Tszinpin, to‘rtinchi pog‘onani Rim papasi Fransisk va beshinchi o‘rinni Germaniya kanwleri Angela Merkel egallagan.

Jurnal tarafidan tuzilgan 2014 yilning eng qudratli 72 insoni ro‘yxati jahondagi har 100 million kishidan bir kishini tanlagan.

Ushbu ro‘yxatga bu yili ilk bor kirganlar orasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi (15-chi) va “Islomiy davlat” guruhi yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiy (54-chi) bor.

61 yoshli rossiyalik o‘zbek milliarder Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatning 61-pog‘onasini egallagan.

Joriy yilgi ro‘yxatga 26 nafar amerikalik va 19 nafar osiyolik, jumladan, 6 nafar Xitoy fuqarosi kirgan.

72 kishilik ro‘yxatga atigi to‘qqiz nafar ayol kirgan, biroq ularning ikkitasi birinchi o‘nlikdan joy olgan. Ular kantsler Merkel va AQSh Federal rezerv tizimi rahbari Janet Yyellendir.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG