Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:19

MTS O‘zbekistondagi stantsiyalarini texnik sinovdan o‘tkazdi


Rossiyaning MTS shirkati O‘zbekiston hukumati bilan erishilgan kelishuvdan so‘ng ikki yildan oshiq turib qolgan aloqa stantsiyalarini sinovdan o‘tkazdi. Shirkatga yaqin Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ sinov muvaffaqiyatli o‘tgan va MTSning 1 dekabrdan boshlab mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlash rejasiga tuzatish kiritilmagan.

2012 yilning iyun oyida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan litsenziyadan mahrum etilgan Rossiyaning MTS shirkati stantsiyalari ayni shu agentlik bilan sherikchilik kelishuvi imzolaganidan so‘ng yana qayta ishga tushirildi.

Bu sinovni “muvaffaqiyatli” deb baholagan Ozodlik manbasi¸ ayni paytda mutaxassislar texnik murakkabliklar ustida ishlayotganini ta‘kidladi.

“Aloqa tarmog‘i nihoyatda murakab organizm¸ murakkab sistemadir. Bu faqat stantsiyalar va kabel simlari tortish emas¸ balki ulkan va murakkab kompyuterdir. Ana shu sistemani ishga tushirish uchun uning har bir kichik qismini sozlash¸ ishga tushirish kerak bo‘ladi. Bu bitta kalit bilan yonadigan avtomobilь emas. Toshkent hukumati bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra ta‘sis etilgan Universal Mobile Systems O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining O‘zdunrobitadan qolgan texnikaviy baza bilan ishlashi qayd etilgan. Bu baza qanday bo‘lsa¸ shunday turipti. Lekin bu baza kompyuter dasturisiz o‘zicha hech narsaga yaramaydi. Bu dasturni sozlash esa qiyin va vaqt talab qiluvchi ish. 1 noyabrdan ana shu jarayon boshlandi va u hozircha rejaga muvofiq bormoqda¸ dedi ushbu jarayonga aloqador Ozodlik manbasi.

MTS shirkati matbuot kotibi Dmitriy Solodovnikov ham 6 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda¸ O‘zbekistondagi texnikaviy bazani sozlashning boshlangani va avval rejalangani kabi shirkat 1 dekabrdan boshlab mijozlarga xizmat ko‘rsata boshlashini bildirdi.

Ayni paytda¸ Ozodlikka yetib kelgan rasmiy hujjat nusxasida yozilishicha¸ Universal Mobile Systems nomi bilan rasmiylashtirilgan yangi qo‘shma korxona O‘zdunrobitaga qarashli bo‘lgan 97 kod raqami bilan ish boshlaydi.

"Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash rejasidan "Universal Mobile Systems" mas‘uliyati cheklangan jamiyatiga biriktirilgan raqam sig‘imlari" deb nomlangan bu hujjatga ko‘ra¸yangi qo‘shma korxonaga Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyat va shaharlari uchun hammasi bo‘lib ikki yarim million abonent raqami ajratilgan.

O‘zbekistondan haydalishidan oldin qariyb 10 millionta abonentga ega bo‘lgan MTS uchun respublika telekommunikatsiya tarmog‘idan ikki yarim millionta abonent raqami ajratilishi mobil operatori avvalgi qamrovining to‘rtdan birini tashkil etadi.

Rossiyadagi eng yirik telekom shirkati “Mobilnie TeleSistemi” va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2014 yilning 31 iyul kuni imzolangan Murosa bitimiga ko‘ra¸ UMS ning 50,01 foiz ulushi MTSga, 49,99 foiz ulushi O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya davlat qo‘mitasiga qarashli bo‘ladi.

Murosa bitimiga binoan, ikki tomon o‘zaro da‘volardan voz kechishi ham ko‘zda tutilgan.

MTSning O‘zbekistondagi sho‘‘basi "O‘zdunrobita" 2012 yilning iyul oyida hukumat qarori bilan faoliyatini to‘xtatgan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG