Линклар

O‘zbekiston fuqarosi mast xolda to‘polon qilgani uchun Ostona-Toshkent reysidan tushirib qolinidi.

Tengrinews.kz agentligining huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar qilishicha, “Ostona Xalqaro aeroportida Ostona-Toshkent xalqaro reysini rasmiylashtirish paytida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi destruktiv yo‘lovchi sifatida reysdan tushirib qoldirilgan.

Bu fuqaro havo transporti bortida mast holatda bo‘la turib, jamoatchilik tartibi va yo‘lovchilar tinchini juda qo‘pol tarzda buzgan”.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, ismi keltirilmayotgan o‘zbekistonlik uni qo‘lga olishga uringan politsiya xodimini haqoratlagan.

Shu sababdan unga nisbatan mast xolda to‘polon qilish aybi bilan birgalikda “hokimiyat vakilini haqorat qilish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Unga eng kam ish haqining 100 barobaridan 400 barobarigacha jarimaga tortilishi yoki 180 soat jamoatchilik ishlariga hukm etilishi mumkin. Yoki uning omadi yurishmasa bir yilgacha ozodlikdan ham mahrum etilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG