Линклар

logo-print

AQSh maxsus kuchlari a‘zolari orasida maxfiy harbiy amaliyotlarni ommadan sir saqlamaslik bo‘yicha bahslar qiziyotgan bir paytda harbiy dengiz kuchlarining iste‘fodagi a‘zosi Usoma bin Ladinni peshanasidan otib o‘ldirganini tan oldi.

38 yoshli Robert O'nil “The Washington Post” gazetasiga bergan intervyusida bin Ladenni ikkita o‘q bilan o‘ldirganini aytdi.

“Dengiz mushuklari” nomi bilan taniqli harbiy dengiz kuchlarining amaldagi va iste‘fodagi ikki a‘zosi Associated Press axborot agentligiga Usoma bin Laden aynan O'nil tarafidan o‘ldirilgani harbiylar orasida anchadan beri ma‘lum ekanini tasdiqlashdi.

Robert O'nil mahsus kuchlarning sobiq a‘zolari tarafidan yuritiladigan veb-sahifada 3 noyabr kuni u haqda ma‘lumot berilganidan so‘ng o‘z shaxsini ochiqlashga qaror qilgan.

Fox TV News telekanali kelasi hafta O'nil haqida mahsus dasturni efirga berishni rejalashtirgan.

Al Qoida guruhi asoschisi Usoma bin Ladin 2011 yilning 2 mayida o‘zining Pokistondagi yashirin uyida AQSh mahsus kuchlari tarafidan yo‘q qilingan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG