Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:26

Jahon tillari universiteti dekani poraxo‘rlikda ayblanmoqda


Деканнинг айби исботланса, у 15 йилгача қамоққа ҳукм этилиши мумкин.
Деканнинг айби исботланса, у 15 йилгача қамоққа ҳукм этилиши мумкин.

10 noyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rus filologiyasi fakulteti dekani Faxriddin Abdurahmonovni O‘zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi (Mansab vakolatini suiste‘mol qilish) va 210-moddasi 3-qismi (Pora olish) bilan ayblash haqidagi ayblov xulosasini muhokama uchun Toshkent shahar sudiga yubordi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasidagi Ozodlik manbasi xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, 41 yashar Faxriddin Abdurahmonov shu yilning 26 oktabr kuni Toshkent shahar prokuraturasining Soliq, valyuta va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamenti va MXX tezkor vakillari tomonidan hibsga olingan. Dastlab Toshkentdagi 64/1-sonli muassasa (Toshturma)da saqlangan Faxriddin Abdurahmonov keyinchalik yirik miqdordagi garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan ayblovga ko‘ra, Faxriddin Abdurahmonov O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qabul komissiyasining mas‘ul kotibi sifatida 2014-15 yillarda universitetga qabul ishlari bilan shug‘ullangan. Shu yilning oktabr oyi boshlarida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va Respublika Davlat Test markazining talabalikka qo‘shimcha o‘rinlar berish to‘g‘risidagi qaroriga asosan samarqandlik abiturentning onasidan kelishilgan 13.000 AQSh dolarining 10.000 dollarini poytaxtdagi “Otchopar” bozori hududida olayotganida hibsga olingan.

Universitetdagi manbalarimiz esa, huquqni muhofaza qilish organlari Faxriddin Abdurahmonovga avvaldan tuzoq qo‘yilganini iddao qilishmoqda. Boisi Abdurahmonov toshkentlik o‘ziga to‘q xonadon sohiblarining farzandi sifatida allaqanday bir necha ming dollarga ehtiyoji bo‘lmagan. Qolaversa, tergov davrida undan universitet rahbariyati va Davlat Test markazidagi amaldorlarga nisbatan qarshi ko‘rsatmalar olishga harakat qilinmoqda.

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rus filologiyasi fakulьteti dekani Faxriddin Abdurahmonovga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, u mas‘ul mansabdor shaxs sifatida 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG