Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:48

"Islomiy davlat" janggarilari yana bir amerikalikni qatl etdi


26 yoshli sobiq amerikalik harbiy Kassig Suriyada fuqarolik urushi jabrdiydalariga yordam berish bilan shug‘ullangan.
26 yoshli sobiq amerikalik harbiy Kassig Suriyada fuqarolik urushi jabrdiydalariga yordam berish bilan shug‘ullangan.

“Islomiy davlat” janggarilari yana bir amerikalik asir boshi tanasidan judo qilingani aks etgan videoni yoyinladi.

Ekstremistik guruh da‘vosicha, navbatdagi qurbon Suriyadagi yordam tashkilotining amerikalik xodimi Abdul Rahmon Kassigdir.

Islomni qabul qilgan 26 yoshli sobiq amerikalik harbiy Kassig Suriyada fuqarolik urushi jabrdiydalariga yordam berish bilan shug‘ullangan.

Radikal islomchilar uni o‘tgan yili qo‘lga olishgan edi.

Kassig qatl etilishi tushirilgan videoning haqiqiyligini tasdiqlash hozircha imkonsiz.

Shu paytgacha Islomiy davlat janggarilari bir qancha amerikalik va britaniyalik asirni namoishkorona qatl etdi.

Avvalroq amerikalik jurnalistlar Jeyms Fouli va Stiven Sotloff, shuningdek, insonparvarlik tashkilotning shotlandiyalik xodimi Devid Xeyns hamda britaniyalik Alan Xenning jihodchilar tarafidan qatl etilgan edi.

3 oktabr kuni e‘lon qilingan videoda qora niqobdagi janggari Xenning bo‘g‘ziga pichoq tirab, navbatdagi qurbon amerikalik Piter Kassig bo‘lishi haqida ogohlantiradi.

Asli ismi Piter bo‘lgan amerikalik sobiq harbiy asirdaligi payti Islomni qabul qilgani va ismini Abdul Rahmon qilib o‘zgartirgani aytiladi.

Indianapolislik 26 yoshli Kassig 2013 yil oktyabrida Suriyada yo‘qolgan edi.

"Islomiy davlat" janggarilari AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlaridan Iroq va Suriyadagi o‘z pozitsiyalarini bombalashni bas qilishni talab etmoqda.

Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Bag‘dod rasmiylari iltimosiga muvofiq, Iroqdagi "Islomiy davlat" pozitsiyalariga qarshi havo zarbalarini amalga oshirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG