Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:02

Olmaotadagi portlashda kollej talabasi halok bo‘ldi


Portlash Olmaotadagi Moda va dizayn kollejida sodir bo‘lgan.
Portlash Olmaotadagi Moda va dizayn kollejida sodir bo‘lgan.

17 noyabr kuni ertalab Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Moda va dizayn kollejida sodir bo‘lgan portlashda bir talaba halok bo‘ldi, o‘n nafar talaba esa jarohatlandi. Politsiya ma‘lumotiga ko‘ra, kollejda harbiy tayyorgarlik darsi payti granata portlashi oqibatida ushbu fojia sodir bo‘lgan. Hozirda politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Qozoq matbuoti xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kollejning 16 yashar talabasi halok bo‘lgan. Kollejdan 60 nafar talaba evakuatsiya qilingan. Hozirda voqea joyida Ichki ishlar organlari xodimlari va shifokorlar ishlamoqda.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, kollejda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari ketayotgan xonada granata portlagan. Hozirda kuch ishlatar tizimlari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Politsiya ma‘lumotiga ko‘ra, kollejdagi portlash bo‘yicha ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Олмаотадаги портлашда коллеж талабаси ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:37 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG