Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:31

Paxtada o‘lgan Shamsiddin oilasi prezidentga ochiq xat yo‘lladi


Guliston davlat universitetining paxtada o‘lgan talabasi 19 yashar Shamsiddin Bobosaidovning pasportidan nusxa.
Guliston davlat universitetining paxtada o‘lgan talabasi 19 yashar Shamsiddin Bobosaidovning pasportidan nusxa.

Sirdaryoda 2 oktabr kuni paxta dalasida vafot etgan Guliston Davlat universitetining 2-kurs talabasi Shamsiddin Bobosaidov oilasi prezident Karimov nomiga ochiq xat yo‘llab, o‘g‘lining o‘limi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishini Respublika Bosh prokuraturasiga o‘tkazishni so‘rashdi. Shamsiddin yaqinlariga ko‘ra, mahalliy prokuratura qotillikni yashirib, ishni yopish harakatida bo‘lgani uchun prezidentga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan.

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi Boyovut-3 posyolkasi, S. Ayniy mahallasida istiqomat qiluvchi Bobosaidovlar oilasi 19 yashar o‘g‘li Shamsiddin Bobosaidovning paxtada urib o‘ldirilgani bo‘yicha ishni ko‘rayotgan mahalliy prokuratura ishidan va tibbiy ekspertiza natijalaridan norozi bo‘lib, prezident Islom Karimov va Bosh prokuror Rashidjon Qodirov nomiga ochiq xat yo‘lladi.

Bu haqda Ozodlikka ma‘lum qilgan Shamsiddinning yaqinlari iddaosiga ko‘ra, mahalliy organlar ishni yopish harakatida bo‘layapti:

“Mahalliy organlar ishni sust olib borayapti. Ular hech qanday qotillik bo‘lmaganligini aytayapti. Hech kimni javobgarlikka tortmoqchi emaslar. Ishni yopti-yopti qilishmoqchi. Biz tibbiy ekspertiza natijasidan ham norozimiz. Ekspertiza “Sudirgi bo‘lgan payti qayd qilish jarayonida tili tiqilib, o‘lgan”, degan xulosa berdi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. O‘g‘limiz sog‘lom bola edi”, deydi Ozodlik bilan suhbatda Shamsiddinning yaqinlaridan biri.

Shamsiddinning onasi Mahbuba Shoyoqubova imzosi bilan “Ezgulik” jamiyati tomonidan tarqatilgan ochiq xatda tibbiy ekspertizani H. Sulaymonova nomidagi Respublika tibbiy ekspertizasi qayta o‘tkazishi va ishni Bosh prokuraturaga topshirish so‘ralgan:

“Qotillikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan talabalarni qo‘rqitib, yolg‘on ko‘rgazma yozdirib olib, qotillikni yashirishga zo‘r berib kurash olib borayotgan Oq oltin tuman prokuroridan jinoyatni fosh etishni kutishda hech bir mantiq yo‘q?! Viloyat prokurori Ya.Ochilov ham jim?! O‘g‘lim Shamsidinni paxta dalasida kursdoshlari ko‘z o‘ngida kalaklab o‘ldirgan qotillar, jinoyatni yashirayotgan munofiqlar haligacha jazolangani yo‘q. Shu bois mazkur qotillik bo‘yicha jinoyat ishini Respublika Bosh prokuraturasiga topshirishingizni so‘raymiz”, deyiladi ochiq xatda.

Guliston Davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti 2-kursida tahsil olgan Shamsiddin Bobosaidov 2 oktabr kuni viloyatning Oq oltin tumanidagi paxtazorda fojiali tarzda vafot etgan edi.

XS
SM
MD
LG