Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:27

Jorj Sorosni Bishkek norozilik namoyishi bilan kutib oldi


Jorj Soros Bishkekdagi Markaziy Osiyo Amerika universitetida talabalar bilan uchrashdi.
Jorj Soros Bishkekdagi Markaziy Osiyo Amerika universitetida talabalar bilan uchrashdi.

Amerikalik milliarder va filantrop Jorj Sorosning Bishkekka kelishi munosabati bilan rossiyaparastlar AQShning Qirg‘izistondagi elchixonasi oldida 17 va 18 noyabr kunlari norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Jorj Soros Qirg‘izistonga dushanba kuni ikki kunlik safar bilan kelgan edi. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Jorj Sorosni 17 noyabr kuni kechqurun qabul qildi. Uchrashuvda Qirg‘iziston va Soros jamg‘armasining kelajakdagi hamkorligi muhokama qilingan.

Sorosning Qirg‘izistonga kelishi munosabati bilan 17 noyabrda Bishkekdagi “Russkiy mir” jamoat tashkiloti vakillari AQSh elchixonasi oldida norozilik mitingi o‘tkazdi. 18 noyabrda esa “AQSh mustaqil Qirg‘izistondan qo‘lingni tort” shiori ostida 160 odam namoyishga chiqdi.

Бишкекда Жорж Сороснинг ташрифига қарши намойиш
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00
Бевосита линк

Norozilik namoyishi tashkilotchilaridan biri Nadejda Ladojinskaya AQShning Qirg‘izistondagi ta‘siri kuchayishi ortidan mamlakatda beqaror vaziyat yuzaga kelishidan tashvishlangan odamlar namoyishga chiqqanini iddao qildi:

- Biz bir maqsadni, bir talabni olg‘a surayapmiz. Qirg‘izistonga barqarorlik kerak. G‘arb bizning ishlarimizga aralashmasin. Amerika tashkilotlari faoliyat yuritayotgan har bir mamlakatda beqarorlik kuchayadi. Shuning uchun biz Sorosga qarshimiz, - dedi Nadejda Ladojinskaya.

Qirg‘izistonlik bir qator madaniyat va jamoat arboblari Jorj Sorosning Qirg‘izistonga kelishi munosabati bilan rossiyaparastlar o‘tkazgan mitinglarni “sharmandali holat” deb baholadilar.

Жорж Сорос Бишкекдаги Марказий Осиё Америка университети талабалари билан учрашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:53 0:00

Qirg‘izistonning Britaniyadagi sobiq elchisi Kuban Mambetaliyev “dunyoda ijtimoiy, madaniy, ilmiy muammolarni hal etilishiga homiylik qilib kelayotgan Jorj Soros G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi sababligina rossiyaparastlar tomonidan qoralanmasligi kerak”, degan fikrni bildirdi.

Qirg‘iziston parlamenti deputati O‘murbek Abdraxmanov so‘nggi bir-ikki yil ichida Qirg‘izistonda Rossiya ta‘sirining kuchaytirilishi mamlakatda rossiyaparastlarning faollashuviga sabab bo‘ldi, deb hisoblaydi.

- Bizda yashayotgan ruslar yaqinda Ukraina elchixonasi oldida ukrainlarni “fashist”, deb atab miting o‘tkazdi. Ommaviy axborot vositalarida Rossiyaning siyosatini targ‘ib qiluvchi maqolalar ko‘paydi. Yaqindagina Qirg‘izistonning Rossiya yetakchiligidagi Bojxona ittifoqiga kirishiga qarshi namoyish o‘tkazgan odamlarni militsiya hibs qilgan edi. Biroq ukrain xalqini fashist deb ataganlarni hech kim hibsga olmadi. Bugun ham Sorosga qarshi mitingga chiqqanlarni militsiya tarqatmadi. Mana shu faktlar bizning hukumatimiz ham rossiyaparastlarni qo‘llab quvvatlayotganini ko‘rsatib turibdi, - dedi O‘murbek Abdraxmanov.

Demokratik tamoyillarni rivojlantirishga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingani aytiladigan Soros jamg‘armasi so‘nggi 20 yil mobaynida Qirg‘izistonga 79 million dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG