Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:41

Oliy o‘quv yurti talabalaridan saylovda qatnashish talab qilinmoqda


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 21 dekabr kuni bo‘ladigan saylov bois, Oliy o‘quv yurti talabalari odatdagidan ertaroq qishki ta‘tilga yo‘llanadi. 19 dekabrdan 3 yanvarga qadar ta‘tilda bo‘ladigan talabalarga doimiy yashash manziliga borib, saylovda qatnashish va ta‘tildan qaytgach, bu haqda dekanatiga ma‘lumot berish hozirdanoq uqdirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligidan respublikadagi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalariga talabalarni qishqi ta‘tilga erta yo‘llash haqida ko‘rsatma berildi.

Vazir muovini 14 noyabr kuni imzo qo‘ygan hujjatning Ozodlikka yo‘llangan nusxasida 21 dekar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘ladigan saylovda talabalarning ishtirok etishini ta‘minlash so‘ralgan:

"O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan oliy ta‘lim muassasalari talabalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan saylov huquqlarini doimiy istiqomat qilayotgan joylarda amalga oshirilishiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida talaba va o‘quvchilarning qishki ta‘til muddati joriy yilning 19 dekabridan 2015 yilning 3 yanvariga qadar ko‘chirilganini, shu bilan birga talabalar uchun ushbu muddat ichida temir yo‘l transporti chiptalarini imtiyozli ravishda xarid qilinishi mumkinligini ma‘lum qilamiz", deyiladi vazirlik yo‘llagan maktubda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3 bosqichida o‘qiyotgan talabaning aytishicha, ma‘muriyat qishqi ta‘til ertaroq bo‘lishidan talabalarni darhol ogohlantirgan.

- Shu 19 dekabrdan qishki kanikulga borasizlar, deyishdi. Hammamiz doimiy yashash joyiga borar ekanmiz va saylovda qatnashishimiz shart ekan. Qaytganingizdan keyin aytasizlar, deb tayinlashdi, - dedi Samarqand viloyatidan Toshkentga borib o‘qiyotgan va ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan talaba.

Uning aytishicha, 19 dekabrdan 3 yanvargacha talabalar uchun poyezdlar uchun chiptalarga imtiyozlar berilishi aytilgan. Ayni imtiyoz vazirlik yo‘llagan maktubda ham qayd etilgan.

Ozodlik suhbatlashgan talaba yigit o‘zi yashaydigan saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzodlarni tanimasligi va o‘z kursdoshlari safida nomzodlarni taniydiganlar juda ozligini ham tan oldi:

- To‘g‘risi, men o‘zi kim saylanishini ham aniq bilmayman. Deputatni saylashimiz kerakmi? Men qiziqmayman, kursdoshlar orasida birortasi qiziqishini ham eshitmadim. Endi qatnashish majburiy deyishdi, borib familiyasi yoqqanimi, surati yoqqanimi - birortasini saylab kelaveramizda, - dedi talaba.

Oliy o‘quv yurtining 3-kursida o‘qiyotgan talaba O‘zbekistonda mavjud 4 siyosi partiya va Ekologik harakatning mehnati va yaxshi ishlari bilan uning e‘tiborini qozongan biror vakilini tanimasligini ham tan oldi.

- Kim taniydi, bu deputatlarni? Men tanimayman, masalan, - deydi Jahon tillari universitetining 3-kursida tahsil olayotgan talaba.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga 4 siyosiy partiya - Liberal-demokratik, “Adolat”, “Milliy tiklanish”, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatini e‘lon qildi.

O‘zbekistondatashkil qilingan 135 saylov okrugiga jami 540 nafar - har bir okrugda 4 partiyaning bittadan nomzod ro‘yxatga olingan. Nomzodlarning kattagina qismi kuch ishlatar organlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar muovinlaridir.

Elections.uz saytida berilgan ma‘lumotga ko‘ra, ro‘yxatga olingan nomzodlarning 31 foizini ayollar, 26 foizini ta‘lim tizimi xodimlari, 20 foizini iqtisodchilar, 14 foizini huquq sohasi vakillari tashkil qiladi. Nomzodlarning 13 foizi esa muqaddam deputatlikka saylangan nomzodlardir.

Qizig‘i, ba‘zi saylov okruglarida siyosiy partiyalar Oliy Majlis qonunchilik palatasiga o‘z nomidan kiritgan nomzodlar orasida partiyasizlari ham bor.

Nomzodlar ro‘yxati e‘lon qilinishi bilan O‘zbekistonda saylovoldi targ‘ibot kampaniyasi ham rasman boshlandi.

XS
SM
MD
LG