Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:09

Hisobot: AQSh va Isroil O‘zbekistonga elektron josuslik uchun texnika bermoqda


Markazi Londonda joylashgan Privacy International tashkiloti e‘lon qilgan yangi hisobot xulosasiga ko‘ra¸ dunyodagi eng avtoritar rejimlardan biri sanalgan O‘zbekiston kabi davlatlar elektron josuslik texnologiyalari ishlab chiqaruvchi shirkatlar uchun o‘z mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishning qulay maydoniga aylangan.

Hisobotga ko‘ra¸ Markaziy Osiyo hukumatlarini o‘z muxoliflari¸ mustaqil jurnalistlar va boshqa fuqarolar telefon so‘zlashuvlarini muntazam eshitish va ularning Internetdagi hatti-harakatlarini kuzatishga imkon beruvchi takomillashgan texnologiyalarni aynan AQSh va Isroildagi xususiy shirkatlar ta‘minlab kelmoqda.

Xulosasi bugun e‘lon qilingan hisobotda shuningdek¸ AQSh va Isroilda ishlab chiqarilgan mazkur zamonaviy texnologiyalar O‘zbekiston kabi hukumatlarga nafaqat o‘z hududi¸ balki xorijdagi muxoliflari suhbatlarini ham eshitish imkonini berishi aytiladi.

"Markaziy Osiyo josuslik texnologiyasi ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z yangi mahsulotlarini sinab ko‘rishga qulay ko‘zdan panadagi maydondir. Aynan shu mintaqada dunyodagi eng avtoritar tuzumlar hukm surmoqda. Dunyodagi eng repressiv sanalgan bu rejimlarning Internet va telekommunikatsiyalar yaratgan erkinlikni bo‘g‘ish istagi kun sayin kuchayib bormoqda”¸ deyiladi hisobotning bugun e‘lon qilingan xulosasida jumladan.

Hisobotda qayd etilishicha¸ o‘z muxoliflari¸ jurnalistlar va faol fuqarolarining Internetdagi harakatlari va telefon suhbatlarini kuzatish uchun so‘nggi texnologiyalarni sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqada peshqadamdir.

Hisobot o‘z xususiy elektron yozishmalari va Internetdagi aloqalari xavfsizlik xodimlari tomonidan ochilib¸ shu asosda so‘roq-javob qilingan faollar¸ jurnlaist va muhojiratdagi muxolifatchilar ko‘rsatmalari kabi manbalar va maxfiy hujjatlarga asosan hozirlangan.

XS
SM
MD
LG