Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:14

Hamid Ismoil: 20 yil oldin Bi-bi-si o‘zbek xizmati "asal oyi"ni nishonlagan edi


1994 yilning 30 noyabrida Bi-bi-si Jahon xizmati o‘z tarixida ilk bor o‘zbek tilidagi dasturni efirga uzatgan edi.

O‘sha vaqtda O‘zbekiston rasmiy matbuotida mazkur dastur haqida iliq fikrlar aytilgan.

Londondagi hamkasblarimiz xizmat qilayotgan o‘zbekcha dastur 20 yoshga to‘lishi munosabati bilan Bi-bi-si Markaziy Osiyo xizmati bosh muharriri Hamid Ismoil bilan suhbatlashdik.

Bundan 20 yil oldin havoga uzatilgan ilk dastur muharriri bo‘lgan Hamid aka o‘sha davrlarni “asal oyi” sifatida esladi:

- O‘sha paytda O‘zbekiston dunyoga ochilayotgan bir davr edi. Yarim soatlik o‘zbekcha dastur yaxshi qarshilandi. O‘zbekistonda o‘rta to‘lqinda efirga chiqar edik. Shu ishga bosh-qosh bo‘lganimdan o‘zimni baxtiyor his qilaman. O‘sha paytlarni asal oyi kabi eslayman¸ dedi suhbatdoshimiz.

Ozodlik bilan suhbatda Hamid Ismoil Bi-bi-si Jahon xizmatining o‘zbek tilidagi eshittirishlaridan ko‘zlangan maqsad haqida gapirar ekan, jumladan bunday dedi:

- 1946 yildan beri sobiq Covet hududlariga rus tilida eshittirish olib borgan Bi-bi-si Jahon xizmati Sovet Ittifoqi tarqalganidan keyin mustaqil bo‘lgan respublikalar tilida eshittirishlar berishni yo‘lga qo‘ydi. Shu ma‘noda O‘zbekiston mustaqilligi qo‘llab-quvvatlandi. Bundan Britaniyaga qanday manfaat bor, deb so‘radingiz. Manfaat ¸ durust va tarafsiz ahborot yetkazib berishdadir. Aynan shu bois Britaniyaning obro‘-e‘tibori ortadi. Buning ortida boshqa manfaat yo‘q, deydi suhbatdosh.

2014 yilning birinchi apreliga qadar Britaniya tashqi ishlar vazirligi grantlari asosida ishlab kelgan Bi-bi-si Jahon xizmati hozir faqat Britaniya soliq to‘lovchilari hisobidan faoliyat olib boradi. Bu yangi holat Bi-bi-si O‘zbek xizmati uchun nimani anglatishini Hamid Ismoyil tushuntirib berdi:

- Hozir biz oddiy britaniyaliklar to‘layotgan va "Bi-bi-si solig‘i" atalmish mablag‘ evaziga ishlaymiz. O‘zi oddiy britaniyaliklar hayriya qilishni yaxshi ko‘radi. 5 funt pulni Afrikadagi ochlarga yetsin, deb pochtaga borib to‘lab yurishadi. Shu ma‘noda biz oddiy britaniyaliklar moliyalayotgan xalq radiosiga aylandik xolos¸ deydi suhbatdosh...

Ҳамид Исмоилов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:34 0:00
Бевосита линк

Imperiya ovozidan Jahon hizmatiga aylangan Bi-bi-si

Shu kunda 26 tilda eshittirish berayotgan Bi-bi-si Jahon xizmati 1932 yili imperiya ovozi o‘laroq BBC Empire Service nomi bilan ingliz tilida efirga chiqqan edi.

1938 yilda Bi-bi-si arab tilida eshittirish uzatib ko‘p tilli dasturlarga tamal qo‘ydi. 1939 yilda turk tilidagi eshittirishlarni ham efirga uzata boshlagan Bi-bi-si 1940 yildan boshlab hind¸ bolgar¸ fin va nemis tillarida ham eshittirishlar tayyorlay boshladi.

1994 yilning 30 noyabrida Bi-bi-si Jahon xizmati o‘zbek va ozariy tilidagi eshittirishlarni havoga uzatishni boshladi.

Ilk dasturda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Askar Aqayev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevlar Bi-bi-si Jahon xizmatining o‘zbekcha dastur boshlaganligini muborakbod qilishgan edi.

Shu kunlarda 20 yoshga kirgan O‘zbekcha Bi-bi-sini yoshi 60 dan oshgan Ozodlik jamoasi qizg‘in qutlaydi. Bu navqiron jamoaga muvaffaqiyatlar tilaydi.

XS
SM
MD
LG