Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:51

YeXHT O‘zbekiston sayloviga to‘laqonli kuzatuvchilar hay‘atini yubormaydi


YeXHT O‘zbekistonda joriy yil 21 dekabrida o‘tkaziladigan parlament sayloviga to‘laqonli kuzatuvchilar hay‘atini yubormaydi. YeXHT rasmiysining Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, O‘zbekistondagi saylovlarda raqobatchilik muhitining yo‘qligi bois faqat baholovchi missiyani yuborish bilan cheklanilgan.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi matbuot vakili Reychel Bending Ozodlik bilan suhbatda bu haqda ma‘lum qildi:

- Biz O‘zbekiston hukumati tarafidan taklifnoma olganmiz va tashiklotimiz bu mamlakatga cheklangan baholovchi missiyani yuborish haqida qaror oldi. Missiyani tuzish ishlarini boshladik, - dedi YeXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakili Reychal Bending.

YeXHT har bir mamlakatda o‘tadigan saylovga o‘zining cheklangan baholovchi missiyasini yuboradi. Cheklangan baholovchi missiya bir necha kishidan iborat bo‘lib, to‘laqonli kuzatuvchilar missiyasi o‘rnini bosolmaydi.

YeXHT O‘zbekistondagi saylovlarda raqobatchilik muhiti cheklangani vajidan bu mamlakatga baholovchi missiyasini yuborish bilan cheklangan.

- YeXHT O‘zbekistondagi saylovda musoboqa muhiti cheklangani sababidan to‘laqonli kuzatuvchilarni yuborishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaydi, - dedi Reychel Bending.

O‘zbekiston parlamentiga saylovlar 21 dekabrda bo‘lib o‘tishi kerak. Tahlilchilarga ko‘ra, saylovda ishtirok etayotgan nomzodlarning birontasi ham joriy hukumat siyosatidan farq qiladigan qarashga ega emas. Siyosiy partiyalarning birontasi ham o‘zini hukumatga muxolif deb hisoblamaydi.

O‘zbek muxolifati esa bu yil ham parlament saylovlariga qo‘yilmadi. “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov O‘zbekistonda 21 dekabr kuniga belgilangan parlament saylovini mamlakat siyosiy hayotida mutlaqo ahamiyatga ega bo‘lmagan ma‘raka, deb hisoblashini aytadi:

- Tanlov yo‘q. Saylov tanlovsiz saylov bo‘lyapti. Har yili shunaqa bo‘lyapti. Muqobillik bo‘lmasa ko‘p partiyaviylik bo‘lishi mumkin emas. Bizga hukumat yig‘ilishga ruxsat bermayapti. Ro‘yxatdan o‘tkazmayapti. Konstitutsiyani asosiy moddalaridan biri hokimiyat manbai xalqdir, degan talab bajarilmayapti, - deydi Oripov.

O‘zbekistonda parlament saylovidan bir necha oy o‘tib, qonun bo‘yicha prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak. Biroq O‘zbekistonda prezident saylovining aniq muddati va nomzodlari e‘lon qilingani yo‘q.

XS
SM
MD
LG