Линклар

logo-print

Asli buxorolik Samira haqida O‘zbekiston va Rossiyadagi ko‘plab Internet nashrlari yozdi¸ qon saratoniga chalingan bu qizaloq hayotini qutqarib qolish uchun turli xayriya aktsiyalari o‘tkazildi va hamon o‘tkazilmoqda. Saxovatpesha o‘zbekistonliklarga Ozodlik orqali ham murojaat qilgan Samiraning onasi Gulruhga ko‘ra¸ qizaloqning Moskva klinikasidagi ikki yillik muolajasi uchun so‘ralayotgan 4¸5 million rubldan hozirga qadar xayriya yo‘li bilan 400 mingi yig‘ilgan.

“Men yolg‘iz onaman. yolg‘iz farzandim Samira Sharipova 4 yoshda oqqanga chalingan. Hozirgi paytda Moskva shahrining D.Rogachyov nomidagi Bolalar gemotologiyasi¸ onkologiya va immunologiya federal ilmiy-klinik markaziga har kun qatna davolanayapti. Qizimni davolash va ilik ko‘chirish operatsiyasi uchun katta mablag‘ kerak. Iltimos¸ imkoningizga qarab yordam beringlar. Yaxshilik albatta qaytadi!” deb murojaat qiladi Samiraning onasi Gulruh.

Ozodlik bilan suhbatda Gulruh Samiraning otasi tashlab ketgani¸ o‘z oilasining esa¸ Toshkentdagi besh oylik muolajalardan so‘ng bunday qimmat operatsiyaga yordam bera olmay qolganini aytadi.

Gulruh bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Samira Sharipovaga yordam berishni istaganlar uchun onasi so‘rovi bilan quyidagi telefon va bank hisobi raqamlarini taqdim etamiz:

Telefonlar: +79261520607; +79261520626;

Skype: samira2010262;

Rossiya SBERBANKidagi rubl hisob raqami:

N46607.810.23811.8150141

SAFAROVA GULRUX

NOMER KARTOChKI SBERBANKA: (rubleviy)

5469 3800 3837 4541

NOMER KARTOChKI SBERBANKA: (valyutniy)

5469 3800 3753 0648

Western Union orqali Safarova Gulrukh nomiga pul o‘tkazib¸ so‘ngra maxsus raqamlarini telefon orqali bildirib qo‘yishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG