Линклар

O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti indeksida 115-o‘rinni egalladi.

Butunjahon elektroaloqa ittifoqining navbatdagi yillik hisobotida aytilishicha, O‘zbekiston 166 davlat orasida 3,40 ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Barcha davlatlar uchun eng yuqori ko‘rsatkich esa 4,77 qilib belgilangan.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan bir pog‘ona yuqorilagan O‘zbekiston MDH davlatlari orasida mazkur indeks bo‘yicha eng oxirgi o‘rinni egallamoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida Qozog‘iston 53, Qirg‘iziston 107-o‘rinni egallagan.

Hisobotda O‘zbekiston axborot –kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari subindeksi bo‘yicha 91, foydalanish bo‘yicha 101, foydalanish imkoniyatiga egalik bo‘yicha 136-o‘rinlarni egallagani qayd etilgan.

Mazkur indeksda birinchi o‘rin Daniyaga berilgan. Undan keyingi o‘rinlarni esa Koreya Respublikasi, Shvetsiya, Islandiya, Britaniya va Norvegiya egallagan.

XS
SM
MD
LG