Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:49

Ravshan Ermatov Osiyoning eng yaxshi hakami nomi uchun kurashadi


O'zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov yana bir bor Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga da'vogarlik qilmoqda.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 27 noyabr kuni "2014 yilning eng yaxshilari" nomiga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi. Bu yili O'zbekiston faqat "Yilning eng yaxshi hakami" yo'nalishi bo'yicha g'oliblik uchun kurashadi.

37 yoshli o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga eronlik Alirizo Fag'oniy va bahraynlik Navaf Shukrulla raqiblik qiladi.

Kuzatuvchilar joriy yilda Braziliyada o'tgan Jahon chempionatida to'rtta o'yinga hakamlik qilgan Ermatovning imkoniyatlarini yuqori baholanmoqdalar.

Bunga xolis sabablar bor, albatta. Fag'oniy ushbu mundialda guruh bosqichidagi ikkita o'yinni boshqargan bo'lsa, Shukrulla atigi yordamchi referi sifatida xizmat ko'rsatgan.

"Yilning eng yaxshilari" 30 noyabr kuni Filippin poytaxti Manila shahrida o'tadigan OFKning 60 yilligiga bag'ishlangan kechada e'lon qilinishi aytilmoqda.

Ravshan Ermatov 2010 va 2014 yillarda o'tgan Jahon chempionatlarida jami 9ta o'yinga hakamlik qilib, bu borada rekord qo'ygan edi. U to'rt karra - 2008, 2009. 2010 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

XS
SM
MD
LG