Линклар

logo-print

"O‘zdunrobita" o‘rniga kelgan UMS o‘z sim-kartalarini sotishni boshladi


Yangi ochilayotgan UMS mobil kompaniyasining sim kartasi.

Yangi ochilayotgan UMS mobil kompaniyasining sim kartasi.

MTSning O‘zbekistondagi yangi sho‘basi Universal Mobile Systems (UMS) sim-kartalarini sotib olgan mushtariylar yangi xaridlari tasvirini Ozodlikka jo‘natishdi. Guldor qirmizi fonda “Bir qadam oldinga” degan shior yozilgan sim kartalarini sotib olgan mushtariylar birinchi dekabrdan boshlab UMS xizmatidan foydalanishi mumkin.

Ozodlik mushtariylari jo‘natgan yana bir fotoda UMS mobil aloqa shirkati joylashgan Toshkentdagi bino aks etgan.

Bino ustidagi elektron panno UMS ochilishigacha qolgan kunlarni sanamoqda.

UMS oldin O‘zbekistonda faoliyat olib borgan "MTS –O‘zdunrobita" shirkati o‘rniga kelgan yangi aloqa operatoridir.

O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, MTS uyali aloqa xizmati ko‘rsatuvchi “Universal Mobile Systems” Rossiya – O‘zbekiston qo‘shma korxonasi ishtirokchilari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi davlat unitar korxonasi kiritilganini ma‘lum qilgan edi.

Shunday qilib MTS qo‘shma korxona ustav kapitalining 50,01 foiziga, Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi davlat unitar korxonasi esa, 49,99 foiziga ega bo‘ldi.

Ayni paytda “Universal Mobile Systems”ga amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziyalar, zarur bo‘lgan chastota diapazoni, raqamlar sig‘imi hamda faoliyat ko‘rsatishi uchun boshqa kerakli ruxsatnomalarni olib, ishga tushishga shay bo‘lib turibdi.

Narxlar qimmatligi ayon bo‘ldi

O‘zbekistondagi Ozodlik mushtariylari UMS mobilь aloqa shirkatining narxnomasi nusxasini yubordi.

Bu hujjatlarda aks etgan UMS yangi telefon shirkatinng “Start” va “Maksi” deb nomlangan paketlari O‘zbekiston uyali aloqa booridagi ayni mahsulotlardan qimmatligi bilan farqlangan.

UMC sim-kartasini sotib olib, tasvirini Ozodlikka jo‘natgan Saidburxon degan yigitning bizga aytishicha¸ yangi shirkat so‘zlashuv tariflaridan tashqari abonent to‘lovini 15 AQSh dollar qilib belgilagan:

-“Maksi” paketi uchun oyiga 15 dollar to‘lash kerak. Bu faqat abonent to‘lovi. Bundan tashqari nomer uchun 20 dollar to‘lash kerak. Bundan tashqari ulanish uchunh va sim-kartaning dastlabki balansi uchun ham to‘lovlar bor. Shirkat hujjatlari bilan tanishganimda bulardan tashqari yana kunlik 10 tsent yig‘im ham borli ma‘lum bo‘ldi. So‘zlashuvlarni minutiga 3 tsentdan hisoblab olarkan. Agar Perfektum (uyali aloqa shirkati) bilan solishtirsangiz ancha qimmat.- deydi UMS ning yangi mijozlaridan biri.

Ozodlik bilan FB orqali suhbat qurgan UMSning yana bir mijozi toshkentlik Marina Nikitina¸ yangi shirkat MTS qilgan g‘irromliklarni qilmaydi, deb umid bildirdi:

“Umid qilamanki, ular endi mijozlar pulini o‘marishmaydi. 2004 va 2005 yilda MTS mijozlardan gaplashmagan suhbatlari uchun haq olib g‘irromlik sxemalarini amalga oshirishgan edi. Boshqa tarafdan esa yangi operatorning kelganidan mamnunman. Operatorlar o‘rtasidagi konkurentsiyadan mijozlar yutadi. Yangi shirkatga omad tilayman”, deb yozdi Ozodlik bilan FB orqali suhbat qurgan UMSning yana bir mijozi Marina Nikitina.

“O‘zdunrobita” kultepasi uzra bir qadam oldinga yoki 97 ning qaytishi

“Bir qadam oldinga” degan shiorni ilgari surgan UMS ilgari O‘zbekistonda faoliyat olib borgan va yopilgan “O‘zdunrobita”ning asbob-uskunlari va infrastrukturasi uzra ish boshlayotgani bildirildi.

O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidagi Ozodlik manbasining aytishicha UMS ga “O‘zdunrobita” ishlatgan va texnologik jihatdan o‘ta optimal bo‘lgan chastotalaar berilgan.

Shuningdek, qo‘mita yangi shirkatning birgina Toshkentdagi mijozlari uchun boshlamasiga bir yarim million telefon raqami ajratilgan.

Bu telefon raqamlarining hammasi ilgari “O‘zdunrobita” ishlatgan 97 bilan boshlanadi.

Ayni paytda yangi shirkat eski mijozlarning “O‘zdunrobita” paytidagi raqamlarini tiklamasligini ham bildirdi.

MTSning O‘zbekistondagi sho‘‘basi "O‘zdunrobita" 2012 yilning iyul oyida hukumat qarori bilan faoliyatini to‘xtatgan edi.

"O‘zdunrobita"ni katta miqdorda soliqdan bo‘yin tovlash, pul yuvish, mijozlar pullarini noqonuniy o‘zlashtirish va boshqa qonunbuzarliklarda ayblangan edi.

XS
SM
MD
LG