Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:19

FMS yangi patent tizimi borasida savollarga javob berdi


FMS 2015 yilda noqonuniy mehnat muhojirlariga qarshi kurashni kuchaytiradi.
FMS 2015 yilda noqonuniy mehnat muhojirlariga qarshi kurashni kuchaytiradi.

Rossiyada 2015 yil 1 yanvaridan boshlab mehnat muhojirlari uchun ishlashga ruxsat beruvchi patent tizimi joriy etiladi. Biroq mehnat muhojiri tomonidan 2014 yilda sotib olingan hamda qisman 2015 yilda ham amal qiladigan ishlash ruxsatnomasi belgilangan muddati yakuniga qadar amalda bo‘ladi va uning narxi 1216 rublligicha o‘zgarmasdan qoladi. Bu va jamoatchilikni qiziqtirayotgan boshqa savollarga javob bergan FMS rahbariyati maxsus uyushtirilgan matbuot anjumanida o‘tgan 4 yildan ortiqroq vaqt davomida patentlar Rossiya g‘aznasiga 35 mlrd rubl daromad keltirganini ham ma‘lum qildi.

So‘nggi paytlarda Ozodlik tahririyatiga taxminan bir mazmundagi ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Moskvadan ekanini yozgan Hamid: “Ozodlik radiosi, sizlardan iltimos: men dekabr oyida razresheniye qilmoqchi edim. Mabodo razresheniye qilsam yangi yildan keyin xam u harakatda koladimi? Shu haqda ma‘lumot bersangiz”, deya savol bilan murojaat qildi. Rossiyada mehnat qilayotgan Eldor esa “Dekabr oyida “razresheniye na rabotu” qilvolsam kelasi yil bemalol yurolamanmi? Yoki patent kilgan yaxshimi?” degan savol qiziqtirayotganini yozgan.

FMS muhojirlar savollariga javob berdi

26 noyabr kuni “Rasha Tudey” matbuot zalida uyushtirilgan anjumanda Rossiya Federal migratsiya xizmatining Xorij fuqarolar bilan ishlarni tashkil etish departamenti rahbariyati migratsiya sohasida yaqin orada qiritilajak o‘zgartishlar yuzasidan savollarga javob berdi.

Anjumanni boshlab bergan Rossiya FMSi matbuot kotibasi Zalina Kornilova bugungi patent tizimi 2010 yilning 1 iyulidan buyon amal qilib kelayotganini eslatib o‘tdi.

- Bugungi kunda jismoniy shaxlarga ishlash huquqini beruvchi patentlash tizimi mavjud. Endi patent yordamida yuridik shaxslarga ishlash imkoniyati vujudga keldi. Men alohida urg‘ulab o‘tishim zarurki, bu Rossiyaga vizasiz kirish ruxsatiga ega bo‘lgan mamlakatlar fuqarolarigagina tegishlidir, - dedi Zalina Kornilova.

Xorij fuqarolar bilan ishlarni tashkil etish departamenti boshlig‘i Sergey Temryakovich “2015 yilning sentyabriga qadar amal qilish muddatiga ega bo‘lgan patentlar muddati va to‘lovlari o‘zgaradimi” , degan savolga bunday javob berdi:

- 2014 yilda berilgan ishga ruxsatnomalar o‘zining amal qilish muddati yakunlanguniga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi. Patentlar ham amal qiladi va ularning avans to‘lovlari bugungi kungi narxlar asosida patent muhlati yakuniga qadar ishlaydi. So‘zsiz, bu qoidalar Rossiya hududida migratsiya qonunchiligini buzmasdan yashab kelayotgan fuqarolarga tegishlidir, - dedi Rossiya FMSi departamenti rahbari.

Shuningdek, 2014 yilda sotib olingan patent egalari 2015 yil 1 yanvardan boshlab allaqachon yuridik shaxslarga ishlashi mumkinligi ma‘lum qilindi.

Sergey Temryakovich yangi qoidalarga ko‘ra, har bir Rossiya mintaqasi patent narxini o‘zi belgilab olishi va uning eng kam miqdori 1586,4 rublni tashkil etishini ham aytdi. U 2013 yilning yanvar oyidan beri 1 million 100 mingga yaqin odamga mamlakatga kirish ta‘qiqlanganini jurnalistlarga eslatdi.

Sertifikat, byudjet va boshqa masalalar...

Migratsiya xizmati xodimlari muhojirlarni qiziqtiruvchi boshqa savollarga ham javob berdi.

Departament boshlig‘i muovini Dmitriy Demidenko yangi qoidalarga ko‘ra, majburiy bo‘lgan rus tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikatlar masalasiga to‘xtaldi. U 1991 yilgacha yoki undan keyinngi davrda rus tilini o‘qiganligi to‘g‘risida zaruriy hujjatlarni ko‘rsatgan shaxslarga rus tilidan imtihon topshirish shart emasligini bildirdi.

- Bunday holatda u idoraga o‘qiganligi to‘g‘risida hujjatni taqdim etadi. Bu o‘zgarishsiz qoldi. Boshqa hollarda, yuqori malakali mutaxassislardan tashqari barcha mehnat muhojirlar rus tili, qonunchiligi va tarixini bilish to‘g‘risida sertifikatni taqdim etishi qonunda belgilandi, - dedi Dmitriy Demidenko.

Shunday qilib, 2015 yilning 1 yanvaridan Moskva shahri va Moskva viloyati, Tomsk viloyatida mehnat muhojiri patent uchun oyiga 4 000 rubl, Sankt-Peterburgda – 3 000 rubl, Sevastopol va Samara viloyatida – 2 500 rubl, Ryazan viloyatida – 2807 rubl va hokazo qilib bergilandi.

FMS 2015 yilning boshidan amalga oshirilajak patent uchun avans to‘lovlarining yuz foizi mahalliy byudjetga o‘tkazilishini e‘lon qildi.

FMS xodimi Rossiya migratsiya qonunchiligiga joriy qilingan 4 yildan ko‘proq vaqt davomida mehnat muhojirlari uchun patentlar mamlakat g‘aznasiga 35 mlrd rublь daromad keltirgani qaydga olinganini ma‘lum qildi. Demidenko anjumanga yig‘ilganlarga bu mablag‘dan deyarli yarmisi, ya‘ni 16 mlrd rubldan ko‘proq pul 2014 yilning o‘tgan 10 oyi davomida jamlanganini xabar qildi.

FMS rahbariyati, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash davom ettirilishini ma‘lum qildi. Idora hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiyada 5 millionga yaqin migrant noqonuniy mehnat faoliyatini yuritayotir, bu esa davlat byudjetiga 62 mlrd rublь zarar keltirayotganini ochiqladi.

XS
SM
MD
LG