Линклар

logo-print

"Platina", "Super Zoloto", "Zoloto", "Serebro", "Bronza" deya toifalarga ajratilgan "chiroyli raqamlar" narxi 100 dollardan 10 ming AQSh dollariga qadar belgilandi. Ayni paytda abonentlarga xizmati ham boshqa shirkatlarnikidan qimmat bo‘lishiga qaramay, UMS ofislari oldida simkartaga xaridorlarning uzundan-uzoq navbati paydo bo‘lmoqda.

UMS - sobiq MTS-O‘zbekiston mobil shirkati uchun taklif qilingan "chiroyli raqamlar"ning eng qimmati 10 ming AQSh dollari turadigan "Platina" toifasidagi raqamlardir.

Mobil shirkati rasmiy saytida e‘lon qilingan tariflar jadvalida bu toifa uchun berilgan raqamlar XX0 00 00, X0X 0X 0X (misol uchun, 110 00 00, 202 02 02) ko‘rinishidagi raqamlardir.

"Super Zoloto" tofiasidagi raqamlar esa XXX 00 0X, XXX 00 XX (misol uchun, 111 00 01, 222 00 22) ko‘rinishidagi raqamlardir va bularning har birini 5 ming AQSh dollariga sotib olish mumkin.

Xuddi shunday chiroyli va yodlab qolish uchun qulay bo‘lgan "Zoloto", "Serebro", "Bronza" toifalaridagi har bir raqam uchun 1000, 500, 100 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan. Ammo, abonent xizmati boshqa barcha tarifdagi raqamlar xizmati narxi bilan bir xil.

UMS shirkati rasmiy saytida 5 toifadagi "chiroyli raqamlar" jismoniy va yuridik shaxslarga "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning 18-moddasiga muvofiq AQSh dollarida sotilishi qayd etilgan.

Ayni paytda abonentlik xizmati ham boshqa mobil shirkatlarnikidan sezilarli ravishda qimmat bo‘lishiga qaramay, UMS shirkatining ish boshlagan sanoqli idoralari oldida turnaqator navbatlar ko‘zga tashlanmoqda.

Toshkentdagi mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov o‘tgan hafta ish boshlagan bir necha UMS idorasida bo‘ldi va, xususan, O‘zbekistonda hanuz erkin savdoga chiqarilmayotgan simkartalarni sotib olish shartlari bilan ham qiziqdi.

- UMSning bir necha offisi ochilgan, xolos. Hali hamma idoralari ochilib ulgurgani yo‘q. Garchi simkarta va xizmat narxini biroz qimmatroq belgilangan bo‘lsa-da, navbatlar katta bo‘layapti. Endi benzin kutayotganlarnikiday uzundan-uzoq bo‘lmasada, anchagina katta navbat bor. Simkartani xarid qilish uchun pasportning asosiy sahifasidan nusxa talab qilinmoqda. Bu nusxada, ayniqsa, yangi biometrik pasportda fuqaroning shaxsiga oid barcha ma‘lumotlar bor va shu orqali hukumat telefon raqami egasiga oid muloqotlar, yozishmalarni bemalol nazorat qilishi mumkin, - deydi jurnalist.

XS
SM
MD
LG