Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:41

Ravshan Ermatov beshinchi bor Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi


O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov beshinchi bor Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tarafidan Osiyoning eng yaxshi referisi deb topildi.

Osiyo futbolining joriy yildagi “eng yaxshilari” 30 noyabr kuni Fillipin poytaxti Manila shahrida o‘tgan OFKning 60 yillik yubileyini noshonlash marosimida e‘lon qilindi.

37 yoshli o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga "eng yaxshi referi" nominatsiyasida eronlik Alirizo Fag‘oniy va bahraynlik Navaf Shukrulla raqiblik qildi.

Eslatamiz, Ermatov joriy yilda Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatida to‘rtta o‘yinga hakamlik qilib, mundialda boshqarilgan o‘yinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgan.

O‘zbekistonlik hakam 2010 yili Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida jami 5ta o‘yinni, jumladan, ochilish uchrashuvini boshqargan edi.

Ravshan Ermatov 2008 yildan 2011 yilgacha qatorasiga to‘rt marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Joriy yilgi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" futbol klubi hujumchisi Nosir ash-Shamroniy g‘olib chiqdi.

XS
SM
MD
LG