Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:12

Ozodlik xabaridan 2 kun o‘tib Vazirlar Mahkamasi dronlarni taqiqladi


O‘zbekistonda taqiqlab qo‘yilgan dronlar boshqa mamlakatlarda odamlarning dastyoriga aylangan.
O‘zbekistonda taqiqlab qo‘yilgan dronlar boshqa mamlakatlarda odamlarning dastyoriga aylangan.

Vazirlar Mahkamasi o‘zining 2014 yil, 26 noyabr kungi qarori bilan pilotsiz boshqariladigan uchuvchi apparatlarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda xabar qilgan mahalliy nashrlarga ko‘ra, hukumatning mazkur 332-qarori havo kemalarining xavfsizligini ta‘minlash hamda havo makonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsidida qabul qilingan.

Hukumat qarori bilan Davlat Bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi pilotsiz boshqariladigan uchuvchi apparatlarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf qilish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun zaruriy choralarni ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va informatsiya agentligi, Qorqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga aholi orasida pilotsiz boshqariladigan uchuvchi apparatlaridan ruxsatsiz foydalanish uchun javobgarlik mavjudligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borish topshirilgan.

Ozodlik radiosi shunday qaror qabul qilinishi ehtimoli borligi to‘g‘risida, u qabulinishidan 2 kun oldin – 24 noyabrь kuni yozgan edi.

O‘shanda bir hafta avvalroq Buxoro shahridagi to‘rtta video studiyaga tegishli to‘rtta radioboshqaruvli dron uchqichi musodara qilingani;

O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi Elektromagnit moslashuv markazidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, o‘tgan bir oy mobaynida mamlakatdagi video studiyalarga tegishli yuzga yaqin radioboshqaruvli dron musodara qilingani;

keyingi paytlarda mamlakatdagi ayrim video studiyalar tepadan panorama qilinadigan kadrlar uchun radioboshqaruvli dron (Hexacopter)dan foydalanib kelayotgan, video tasvir olishga mo‘ljallangan, uchuvchisiz boshqariladigan apparat-multikopterlar pult bilan uchadigan o‘yinchoq vertolyotlar hajmidan kattaroq bo‘lib, Toshkent do‘konlarida kamida 2 ming AQSh dollari atrofida sotilgani to‘g‘risida xabar qilgan edik.

O‘zbekistonda pilotsiz boshqariladigan uchuvchi apparat – dronlardan foydalanish mutlaqo taqiqlanayotgan bir paytda jahon mamlakatlarida undan bir qator maqsadlarda foydalanish ommalashmoqda.

Internetdagi turli resurslardan olingan ma‘lumotlar bilan tanishing:

Dron-dastyorlar. Avstraliyada kitob, Janubiy Afrika Respublikasida pitstsa tashiydi; DHL pochta jo‘natmasini dron orqali adresatga yetkazib berganiga 1 yil bo‘ldi.

Dron-qutqaruvchilar. Eronlik olimlar drondan cho‘kayotganlarni qutqarishda foydalanishni o‘tgan yili o‘ylab topishdi. Qutqaruv chambaragini cho‘kayotganga tashlaydigan dron o‘tgan yili Kaspiy dengizida sinovdan o‘tkazildi. Britaniyalik olimlar esa, tog‘u toshlarda adashib qolganlarni qutqaradigan dronlar ustida ishlamoqda.

Dron-cho‘ponlar. Avstraliyada o‘tgan yili ish boshlagan Wool From New Heights loyihasi doirasidagi dronlar mahalliy fermerlarga podani nazorat qilishga yordam beradi.

Dron-dastyorlar, dron-qutqaruvchilar, dron-cho‘ponlardan tashqari shu kunda dron-tabilar, dron-arxeologlar, dron-sayyohboshlovchilar, dron-qorovullar va hatto dron-agronomlar mavjud.

XS
SM
MD
LG