Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:03

Livan armiyasi Bag‘dodiyning xotini va o‘g‘lini qo‘lga olganini aytmoqda


Livan armiyasi “Islomiy Davlat” guruhi rahbari Abu Bakr Bag‘dodiyning rafiqasi va o‘g‘lini qo‘lga olganini iddao qilmoqda. Bu haqda Livan matbuoti mamlakat xavfsizlik idoralariga tayanib yozmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Bag‘dodiyning o‘g‘li va rafiqasini qo‘lga olishda xorijdagi josuslik idoralari yaqindan hamkorlik qilgan.

Lekin, Livan rasmiylari Bag‘dodiyning rafiqasi ekani ishonilayotgan ayolning ismi va millatiga oid ma‘lumotlarni oshkor qilmadi.

Bag‘dodiyning rafiqasi va o‘g‘li bir necha kun avval Suriyadan Livan chegarasini kesib o‘tganida qo‘lga olingani aytildi.

Livanda chiqadigan "As-Safir" ro‘znomasi Bag‘dodiyning o‘g‘li va rafiqasining qo‘lga tushirilishi xorijdagi josuslik idoralari bilan hamkorlikda amalga oshgani haqda xabar qilmoqda.

Ayni paytda Bag‘dodiyning taqdiri noma‘lum qolmoqda. 7 noyabr kuni AQSh havo hujumi oqibatida Bag‘dodiy o‘ldirilgan yoki jarohatlangan bo‘lishi mumkin, degan xabarlar tarqalgan edi.

Keyinchalik, guruh bu xabarlarni rad qilib, Bag‘dodiyning audiosini e‘lon qildi.

17 daqiqalik audioyozuvda o‘zining Bag‘dodiy ekanini iddao qilgan shaxs “Islomiy davlat” guruhi janggarilari hech qachon taslim bo‘lmasligi va bir jangari qolgan taqdirda ham kurashni davom ettirishi aytildi.

"Islomiy davlat" Suriya sharqi va Iroq shimoli hamda g‘arbida yirik hududlarni nazorat qilayotgan radikal islomiy guruhdir.

Guruhning ommaviy qatl, diniy ozchilik vakillarini o‘g‘irlash, sotish, o‘ldirish, askarlar va jurnalistlarning boshini tanasidan judo qilish kabi shafqatsiz amallari dunyo jamoatchiligi g‘azab va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG