Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:15

Yangiyo‘lda qizlarni yashirincha o‘qitishda ayblangan dindorlar qamaldi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida diniy ekstremistik tashkilotga aloqadorlikda ayblangan ayollar turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. O‘zbekiston televideniyesi orqali jamoatchilikka ma‘lum qilingan sud ishida aksariyatini ayollar tashkil qilgan guruh Yangiyo‘l tumanidagi bir xonadonda yashirin bog‘cha ochib, qizchalarga radikal g‘oyalarni singdirgani aytildi.

"O‘zbekiston" telekanali orqali namoyish qilingan hujjatli filmda Yangiyo‘l tumanida diniy ekstremistik tashkilot tuzgan va radikal g‘oyalarni mahalliy aholi orasida yoyishga uringan ayollar ustidan sudlov tafsilotlari hikoya qilindi.

Hujjatli filmda aytilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida bo‘lgan mahkamada yashirin tashkilotning bir necha yetakchisi ozodlikdan mahrum qilingan.

Yana aytilishicha, xonadonlardan birida tashkil qilingan bolalar bog‘chasi, aslida esa hujra asoschisi Xanifa Mirg‘aniyeva ismli shaxs hamda uning jinoiy sheriklari qochishga muvaffaq bo‘lgan va ularning ortidan qidiruv e‘lon qilingan.

Ushbu ko‘rsatuvda jinoyatda gumon qilinayotganlarning Turkiya Respublikasi hududida ekani taxmin qilinayotgani ham aytildi.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, bu ayollarning uch nafari Yangiyo‘l tumanining Gulbahor shaharchasidagi Fayzobod mahallasida yashagan ayollardir.

Ismini oshkor qilmayotganimiz mahalla faollaridan birining Ozodlikka aytishicha, bir necha oydan buyon hibsda saqlanayotgan ayollarning erlari “Hizbut Tahrir” diniy oqimiga aloqadorlikda ayblanib, uzoq muddatlarga qamalgan dindorlardir.

O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist va "Ezgulik" jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish qilingan ko‘rsatuvda ilgari surilgan ayblovlarning e‘tiborli jihatlarini tilga oldi:

- Bu ko‘rsatuvda bir necha g‘alati jihatlar bor. Birinchidan, bu ayollarning qaysi diniy tashkilotga a‘zoligi aniq aytilmadi. Huquq himoyachisi sifatida meni qiziqtirgan yana bir narsa shuki, ko‘rsatuvda yosh-yosh qizchalarning bir uyda diniy ta‘lim olayotgani ko‘rsatildi. Ya‘ni, aholining shunaqa yashirin maskanlarga bolalarini o‘qishga berayotgani haqidagi fakt mening e‘tiborimni tortdi, - deydi jurnalist.

Quyida ushbu ish tafsilotlari va huquq faoli to‘plagan boshqa ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Абдураҳмон Ташанов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:21 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG