Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:19

Odil Ahmedov Rossiyadagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar ro‘yxatida


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya Premyer-Ligasida eng yuqori maosh oladigan 80ta futbochilar ro‘yxatiga kirdi.

Sports.ru nashri tuzgan ushbu ro‘yxatga ko‘ra, “Krasnodar” klubida faoliyat yuritayotgan 27 yoshli Ahmedov yiliga 1,7 million yevro maosh oladi.

Rossiya Premyer-Ligasida eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchi esa “Zenit” klubining braziliyalik hujumchisi Xalk ekani aytilmoqda. Uning yillik maoshi 7 million yevroga teng.

Moskvaning “Lokomotiv” klubida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Vitaliy Denisov ushbu ro‘yxatga kirmagan.

1987 yili Namanganda tug‘ilgan Odil Ahmedov “Krasnodar” klubiga joriy yilning sentyabrь oyida Maxachqal‘aning “Anji” klubidan o‘tgan edi.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo‘yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko‘ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6,6 million yevroga teng.

XS
SM
MD
LG