Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:37

"UMS oldida qo‘pol melisaga e‘tiroz qilgan bolani ROVDga olib ketishdi"


OzodMikrofonga Toshkentdan bog‘langan tinglovchi UMS idoralardan birida militsiya xodimi hamda mijoz o‘rtasida janjal chiqqaniga guvoh bo‘ldim, demoqda. Tinglovchi iddaosicha, navbatda turgan mijozlardan biri o‘z savoliga javoban militsiya xodimining qo‘pollik qilganiga e‘tiroz qilgan va shuning uchun MJKning 194-moddasida ayblanib, tuman IIBga olib ketilgan.

Ismi sir qolishi sharti bilan OzodMikrofonga bog‘langan toshkentlik tinglovchi 2 dekabr kuni UMS idoralardan birining oldida qo‘riqchilik qilayotgan militsiya xodimi bilan SIM-kartaga navbatda turgan mijoz o‘rtasida mojaro chiqqaniga guvoh bo‘lib qolganini aytdi:

- Bitta bola borib, militsionerdan: "Viza kartadan pul to‘lasa bo‘ladimi?" deb so‘radi. Militsiya xodimi: "Men senga spravochniymanmi?" deganday qilib javob berdi. Anuv bola to‘g‘rilikcha so‘radimku, deganday e‘tiroz qilgan edi, haligi militsiya qo‘pol gap bilan so‘kib yubordi. Shundan keyin anuv bola: "Aka men sizdan to‘g‘rilikcha so‘rayapmanku, nimaga siz unaqa qo‘pollik qilayapsiz?" deb gapirdi. Shunda anavi militsioner voobshche, baqirib sheriklarini chaqirdi-da: "Olinglar buni, 194-bilan oformit qilib, ROVDga olib boringlar!" dedi. Shu bilan 6 ta militsioner olib ketdi haligi bolani, - deb iddao qildi toshkentlik tinglovchi.

Hozircha Ozodlikda tinglovchi iddao qilgan bunday holatni tasdiqlovchi biror ma‘lumot yo‘q.

Lekin, UMS idoralari oldida SIM-kartaga navbatda turgan mijozlarga nisbatan IIV xodimlarining qo‘pollik qilayotgani haqida shikoyatlar ko‘p kelmoqda.

Toshkentlik tinglovchi tilga olgani hodisada O‘zbekiston respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi nazarda tutilganini taxmin qilmoqda:

"194-modda. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik

Militsiya xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, militsiyaga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda militsiyada bo‘lishdan iborat qonuniy talablarini bajarmay militsiyaga kelmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud militsiya xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta‘minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik —

eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi".

Тошкентлик тингловчи билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:40 0:00
Бевосита линк

Ozodlik tinglovchi tilga olgan hodisaga oid tafsilotlarni aniqlashga urinmoqda.

*****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz, bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki Skypeda biz bilan muloqotga chiqing.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 724 971 539 raqamlariga yo‘llang!

Skypeda Ozodlikni Ozodskype yoki ErkinMikrofon deb qidiring!

“Ozod mikrofon” sizga muntazir!

“Ozod mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

XS
SM
MD
LG