Линклар

“O‘zbekistonda yaratilayotgan ish joylari, bir tomondan, bandlik muammosini hal qilish uchun yetarli emas, boshqa tomondan, bu ish o‘rinlari barqaror emasligi bilan xarakterlanadi. 1991-2011 yillarda mamlakat aholisining ishga yaroqli qismi 50% dan 61,1% ga yetdi. Ayni paytda, band aholining ishga yaroqlilarga nisbatan ko‘lami 81,6% dan 66,9% gacha pasaydi. Ish o‘rinlarining barqaror emasligi ham kuchaymoqda – har yili yangi yaratilgan ish o‘rinlarining 30 % atrofidagi qismi qisqarib ketmoqda”.

Sarlavhada aks etgan ma‘lumot O‘zbekiston hukumati biladigan, lekin mamlakat rahbarlarining ma‘ruzalarida tilga olinmaydigan ma‘lumotdir.

„O‘zbekistonda bandlik: mushkulliklar va perspektivalar“ tadqiqoti Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (inglizcha The Center for Economic Research) tomonidan 2013 yilda tayyorlangan bo‘lib, unda boshqa muhim ma‘lumotlar qatorida mana bu ma‘lumot ham keltirilgan:

“O‘zbekistonda yaratilayotgan ish joylari, bir tomondan, bandlik muammosini hal qilish uchun yetarli emas, boshqa tomondan, bu ish o‘rinlari barqaror emasligi bilan xarakterlanadi. 1991 – 2011 yillarda mamlakat aholisining ishga yaroqli qismi 50% dan 61,1% ga yetdi. Ayni paytda, band aholining ishga yaroqlilarga nisbatan ko‘lami 81,6% dan 66,9% gacha pasaydi. Ish o‘rinlarining barqaror emasligi ham kuchaymoqda – har yili yangi yaratilgan ish o‘rinlarining 30 % atrofidagi qismi qisqarib ketmoqda”.

Ayni paytda O‘zbekiston hukumati aholi uchun beriladigan ma‘lumotlarda ishsizlik ko‘lamini 4 – 5% dan “oshirmaydi”, masalan, Islom Karimovning o‘zi respublika Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga (2010) bag‘ishlangan tantanali marosimda ma‘ruza qilayotib,aholi mehnatga layoqatli qatlamining 5,6 foizi ishsiz ekanligi to‘g‘risida gapirgan edi qildi.

O‘zbekiston hukumati va BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida 1999 yili ta‘sis etilgan Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM) ning tilga olganimiz hisobotining ruscha matni bilan mana bu ishora orqali tanishishingiz mumkin:

http://www.cer.uz/upload/iblock/f15/onepager_sqxsfmkvaxdaxgoibh%20si%20elzemnklsvkfchzbifocrl_dythfrxrswtv%20cq%20osjoapztjjxujiptdibhmt_rus.pdf

Mana bu esa, hisobotning Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev o‘zbekchalashtirgan bir parchasi:

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi hisobotini O‘zbekcha Vikipediyaning OzodWiki bugun o‘rganishga qaror qilgan ikki maqolasiga ilova tarzida keltirdik.

Yaqinda O‘zbekiston rahbariyati 2015 yilda 987 ming 500ta yangi ish o‘rni yaratilajagini yaqinda e‘lon qildi.

Joriy yilda ham Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, 983,6 ming yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.

Rasmiy Toshkent hisobotlariga ishonilsa, so‘nggi 6 yil davomida har yili qariyb bir milliondan jami olti millionga yaqin ish o‘rni yaratildi.

Xo‘sh, ish o‘rni nima?

Bu savolni O‘zbekcha Vikipediyaga berdik. Mana uning qisqa javobi:

“Ish o‘rni” tushunchasi bilan “Bandlik” tushunchasi o‘rtasida tabiiy bog‘liqlik borki, O‘zbekcha Vikipediyaning shu haqdagi maqolasi bilan ham tanishishni Sizga tavsiya qilamiz:

Mushtariylarimizning zukkolari O‘zbekcha Vikipediyaning “Ish o‘rni” va “Bandlik” maqolalarini boshqa tillardagi turdosh maqolalarga qiyoslashga, ona tilimizdagilari hozircha biroz g‘aribroq ekanligiga ulgurgandir.

Agar shunday esa, ularni boyitishga Siz ham hissa qo‘shishingiz mumkin.

OzodWiki bugungi materialni tayyorlashga ko‘maklashgani uchun Wiki-ekspertimiz Nodir Otayevga minnatdorchilik bildiradi.

XS
SM
MD
LG