Линклар

Freedom House inson huquqlari tashkiloti dunyo davlatlarida Internet erkinligiga oid hisobot e‘lon qildi. Tashkilot tuzgan ro‘yxatda O‘zbekiston 65 davlat ichida 61-o‘ringa qo‘yilgan. MDH davlatlari orasida faqat Gruziya va Armaniston Internet “erkin” bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olgan.

4 dekabr kuni e‘lon qilingan “Internetdagi erkinlik - 2014” nomli hisobotga ko‘ra, joriy yili Rossiya, Ukraina va Turkiyada Internet erkinligi bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashgan.

Eron, Suriya va Xitoy Internet erkinligi qo‘pol ravishda buzilgan davlatlar sifatida qayd etilgan.

2013 yil mayidan 2014 yil may oyigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan hisobotda 65 ta davlatdagi Internet va raqamli axborot vositalari vaziyati tahlil qilinib, noldan 100 gacha bo‘lgan ball bilan baholangan.

​Ro‘yxatda noldan 30 gacha ball olgan davlatlar “erkin”, 31 dan 60 gacha ball olgan davlatlar “qisman erkin” va 61 dan 100 gacha ball olgan mamlakatlar esa Internet “erkin bo‘lmagan” davlatlar deya tasniflangan.

Hisobotda 2013 yil may oyidan beri dunyoning 36 davlatida Internet erkinligi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani qayd qilingan.

Freedom House tashkiloti tuzgan ro‘yxatda O‘zbekiston 65 davlat ichida 61-o‘ringa qo‘yilgan.

Freedom House tashkiloti tuzgan ro‘yxatda O‘zbekiston 65 davlat ichida 61-o‘ringa qo‘yilgan.

MDH davlatlari orasida faqat 26 ball olgan Gruziya va 28 ball olgan Armaniston Internet “erkin” bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olgan.

Ukraina (33 ball), Qirg‘iziston (34 ball), Ozarbayjon (55 ball), Rossiya (60 ball) va Qozog‘iston (60 ball) Internet “qisman erkin” bo‘lgan davlatlar deya talqin qilingan.

Freedom House tashkiloti ro‘yxatida O‘zbekiston 65 davlat ichida 79 ball bilan 61-o‘rinni egallagan.

Birlashgan Arab Amirliklari (67 ball), Belarus (62 ball), Saudiya Arabistoni (73 ball), Pokiston (69 ball), Eron (89 ball), Xitoy (87 ball) Internet “erkin bo‘lmagan” davlatlar qatoriga kiritilgan.

Freedom House inson huquqlari tashkiloti hisobotga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida Rossiyaning Internet erkinligi bo‘yicha olgan balli 11 taga kamaygan.

Vladimir Putin 2012 yilda prezident etib qayta saylanganidan beri Rossiya hukumatini tanqid qiluvchi va muxolifatga tegishli saytlarni blok qilish to‘g‘risidagi qonun amalga tadbiq qilgan.

Hisobotga ko‘ra, 2014 yil fevral oyida kuchga kirgan qonundan rasmiylar Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatini tanqid qiluvchi saytlarni yopish maqsadida foydalangan.

2013 yil may oyidan 2014 yil mayigacha dunyoning 41 mamlakatida Internet orqali so‘z erkinligini cheklash, Internet ustidan nazoratni kuchaytirish yoki Internet kuzatuvini kengaytirishga oid qonunlar qabul qilingan yoki qonun loyihalari taklif qilingan.

Internetdan foydalanuvchilar soni bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda bo‘lgan AQSh ayni davrda Internet erkinligi bo‘yicha ikki pog‘onaga pastlagan.

Freedom House hisobotiga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Internet kuzatuvi haqidagi maxfiy ma‘lumotlarni oshkor qilganidan keyin Qo‘shma Shtatlarda Internet kuzatuvi haqidagi qonunni isloh qilish urinishlari jadallashgan.

XS
SM
MD
LG