Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:46

UEFA Qrim futbol klublarining Rossiya musobaqalarida o‘ynashiga taqiq qo‘ydi


Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi UEFA Qrimdagi futbol jamolarining Rossiya futbol uyushmasi tarafidan tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat bermadi.

Rossiya anneksiya qilgan Qrimning uchta futbol klubi – SKChF Sevastopol, Tavriya Simferopol va Jemchujina Yalta joriy mavsumni Rossiyaning ikkinchi va uchinchi divizionlarida o‘tkazishmoqda.

Qrim anneksiyasi BMT tomonidan tan olinmaganigan qaramasdan Rossiya futbol uyushmasi xalqaro qoidalarga zid ravishda ushbu klublari o‘z ligasiga hamda milliy kubok musobaqasiga qo‘shgan edi.

Avvalroq Ukraina futbol federatsiyasi UEFA rahbariyatiga murojaat etib, Rossiya futbol uyushmasi rasmiylariga nisbatan sanktsiya qo‘llashni so‘ragan.

SKChF Sevastopol klubi prezidenti Aleksandr Krasilьnikov Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi qarorini “futbolga qarshi” ekanini aytib tanqid qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4 dekabr kuni Federal Majlis oldida qilgan yillik murojaatida Qrim masalasiga alohida to‘xtalib, rus millatining ruhiy asosi ushbu yarimorolda shakllanganini ta‘kidladi.

XS
SM
MD
LG