Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:06

O‘zbekiston amputant-nogironlar terma jamoasi JCh chorak finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada o‘tayotgan Jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi.

Amaldagi chempionlar nimchorak finalda Fransiya jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 9-daqiqasida Qudrat Xudoyqulov hisobni ochgan bo‘lsa, Muhammadaziz Arapov birinchi bo‘lim tugashi arafasida hisobni 2:0ga o‘zgartirdi.

Ikkinchi bo‘limda Haydarali Tursunboyev hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi JChning yarim final yo‘llanmasi uchun Angolaga qarshi maydonga chiqadi. Angola nimchorak finalda Yaponiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan.

Futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati har ikki yilda o‘tkaziladi.

2012 yili Rossiyaning Kaliningrad shahrida o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan edi.

XS
SM
MD
LG