Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:25

Fazliddin Qurbonov AQShda O‘IHga odam yollaganlikda ayblanmoqda


Joriy hafta AQSh federal prokurorlari qochqinlik maqomi bilan mamlakatga kelgan o‘zbekistonlik Fazliddin Qurbonovga qarshi yangi ayblarni e‘lon qildi. Seshanba kungi mahkama eshituviga taqdim etilgan aybnomaga 31 yashar Qurbonov terror tashkilotiga moddiy yordam berganlik va ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurolga ega bo‘lish jinoyatlari ham qo‘shildi.

O‘tgan yilning 16 may kuni Aydaho shtatining Boysi shahrida terrorchi guruhga yordam berganlikda gumonlanib hibsga olingan Fazliddin Qurbonovga rasman qo‘yilgan ayblar ro‘yxati oshib bormoqda.

Endilikda davlat qoralovchilari Qurbonovga nisbatan AQSh tomonidan xalqaro terror tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston islomiy harakatiga odam yollash¸ asosiy bazasi Pokistonning shimoliy Vaziriston mintaqasida ekani aytiladigan ushbu guruhga kompyuter dasturlari va pul yuborish aybini rasman mahkamaga taqdim etdi.

Fazliddin Qurbonov
Fazliddin Qurbonov

Mahkamaga o‘z xulosasini taqdim etgan Terrorizmga qarshi milliy kurash markazi tahlilchilari Afg‘onistonda Tolibon safida jang qilgan O‘IH O‘zbekiston hukumatini ag‘darib¸ mamlakatda islomiy xalifat qurish g‘oyasidagi guruh ekani haqida ko‘rsatma bergan.

Bunday ayblar qo‘yilishining ashyoviy dalili sifatida prokurorlar Qurbonovning Boysidagi kvartirasidan topilgan qo‘l granatasi¸ snryad trubkasi¸ o‘q-dori va portlovchi moddalarni mahkamaga taqdim etgan. Shuningdek¸ maxsus xizmat xodimlari bir necha kompyuter¸ qattiq disk va telefonni dalil sifatida qo‘lga olgan. Yangi dalil va ayblar asosida QurbonovO‘zbekiston islomiy harakati tomonidan ommaviy qirg‘in uchun ishlatilishini yaxshi bilgan holda ular safiga odam va pul jo‘natishda ayblanmoqda.

AQShning boshqa bir shtati Yutadagi maslahatchilar ishtirokidagi mahkamada ham Qurbonovga terrorizm bilan bog‘liq rasmiy ayblov e‘lon qilindi. Mazkur ayblovga ko‘ra¸ ushbu shtat bo‘ylab 10 kun kezgan Qurbonov O‘IH safiga odam yollash va ularni qo‘lbola portlovchi moslamalar yasashga o‘rgatgan.

Hozircha AQSh prokurorlari Fazliddin Qurbonovning mamlakat ichkarisida terror rejasi bo‘lgan-bo‘lmaganiga oid aniq ayblov qo‘ymayotir.

Seshanba kungi eshituvlarda tarjimon orqali gapirgan Fazliddin Qurbonov¸ o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni inkor qilgan.

Qurbonov ustidan mahkama jarayonining 2015 yilning 9 fevralida boshlanishi kutilmoqda.

Jamshid Muxtorov.
Jamshid Muxtorov.

AQShda yashayotgan aksar o‘zbekistonliklar Fazliddin Qurbonovni asli jizzaxlik Jamshid Muxtorov ta‘siriga tushib¸ uning qamalishi ortidan xavfsizlik xizmatlari radariga tushgan shaxs deb bilishadi.

Inson haqlari himoyachisi sifatida O‘zbekistonda ta‘qibga uchradim¸ degan iddao bilan 2006 yilda AQShdan qochqinlik maqomini olgan Jamshid Muxtorov yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Muxtorov 2012 yilning 21 yanvar kuni Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan paytda Chikago xalqaro aeroportida hibsga olingan edi.

Amerika prokurorlari Muxtorovni Pokistonda joylashgan “Islomiy jihod ittifoqi” terrorchilik tashkilotiga yordam berganlikda ayblanmoqda. Muxtorov ustidan mahkamaning qachon bo‘lishi hozircha ma‘lum emas.

AQShdan qochqinlik olib¸ aynan Muxtorov va Qurbonov kabi yuk mashinasi haydovchiligi bilan shug‘ullanib kelayotgan Ahmadjon¸ Jamshid Muxtorov Amerikadagi o‘zbekistonliklar boshiga bitgan balo bo‘ldi¸ degan fikrda.

AQShga o‘qish uchun borib¸ Obamani o‘ldirishni rejalash aybi bilan qamalgan Ulug‘bek Qodirov.
AQShga o‘qish uchun borib¸ Obamani o‘ldirishni rejalash aybi bilan qamalgan Ulug‘bek Qodirov.

Fazliddin Qurbonovning akasi Jamoliddin Internetdagi "Jarayon" saytiga bergan intervyusida ota-onasining nasroniylikka o‘tgani bois Toshkent tomonidan ta‘qibga olingani iddaosi bilan AQShdan qochqinlik olgani¸ O‘zbekistonda ham namozxon bo‘lgan ukasining dinidan qat‘iy nazar hammaga yordam berishga intilgan¸ qo‘li ochiq yigit sifatida tasvirlagan.

Turli iddaolar bilan AQShdan qochqinlik maqomi olayotgan o‘zbekistonliklar orasida terrorchilikda ayblanib¸ hibsga olinganlar soni ko‘payib bormoqda.

Kuzatuvchilar ta‘kidicha¸ O‘zbekistondagi yopiq axborot muhitidan Amerikadagi erkinlikka ko‘chayotgan qochqinlar¸ qolaversa o‘qish va ishlash uchun borganlar cheklanmagan real va virtual hududda o‘zligini yo‘qotib¸ radikal guruhlar to‘riga ilinib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG