Линклар

logo-print

Moskvada bedarak yo‘qolgan gulistonlik Tuganov Jo‘rabek qidirilmoqda


28 yashar Jo‘rabek va uning 20 yashar xotini Nazokat.

28 yashar Jo‘rabek va uning 20 yashar xotini Nazokat.

2012 yilning dekabrida Moskvaga ishlash uchun kelgan 28 yashar Jo‘rabek 2013 yilning aprelidan beri turmush 20 yashar turmush o‘rtog‘i Nazokat bilan birga bedarak yo‘qolgan. Er-xotin na O‘zbekiston va na Rossiya huquq tizimlari ro‘yxatidagi qamalganlar va o‘lganlar ro‘yxatida bor. Jo‘rabekning oilasi bu juftlikni tanigan Rossiyadagi o‘zbekistonliklar jamoasidan ularni topishda yordam berishni so‘ramoqda.

Ozodlikka 5 dekabrь kuni murojaat qilgan Jo‘rabekning ukasi¸ akasi va homilador kelinoyisi g‘oyib bo‘lgan 2013 yilning aprelidan beri ota-onasi dardman bo‘lib qolgani¸ oila va yaqinlar O‘zbekiston va Rossiyadagi huquq tizimlariga qilingan murojaatlarga qaramay¸ Jo‘rabek va Nazokat taqdiriga oid biror xabar topa olmayotganini bildirdi.

Oilasi tomonidan surati Ozodlikka taqdim etilgan bu juftlik taqdiriga oid ma‘lumotga ega bo‘lganlar Ozodlikning Skype manzillari¸ shuningdek WhatsApp dagi +420 724 971 539 raqamiga ma‘lumot yo‘llashlari mumkin.

Moskvadan g‘oyib bo‘lgan juftlikka oid batafsil ma‘lumotdan quyidagi suhbatni tinglab xabardor bo‘lishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG