Линклар

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 10 dekabr kuni O‘zbekistonga keladi.

Putin matbuot xizmatining 8 dekabr kuni ma‘lum qilishchia, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyuradigan Putin ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo, investitsiya va madaniyat sohalarida “strategik sherikchilik” masalasini muhokama qilmoqchi.

Karimov Putin bilan so‘ngi bor sentyabr oyida Dushanbeda uchrashgan edi. O‘shanda Karimov O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida “oriyentirni belgilab olishda” Kremlь xo‘jayinidan yordam so‘ragan edi.

Ayni paytda, Putin tashrifi arafasida Karimov O‘zbekiston “SSSR kabi tashkilotlarga hech qachon qo‘shilmasligi”ni bayon qildi. O‘zbekiston rahbarining Konstitutsiya kuni munosabati bilan 5 dekabr kuni qilgan bayonoti kuzatuvchilar tarafidan Toshkentning Kremlь yetakchiligidagi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish niyati yo‘qligi, deya talqin qilindi.

Putinning Toshkentga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida bir nechta ikki tomonlama hujjatning imzolanishi kutilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG