Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:17

Qirg‘izistonda familiyasini ruschalashtirganlar ko‘paymoqda


Qirg‘izistonda joriy yilda 37 ming 921 fuqaro familiyasini o‘zgartirgan. Ularning akasari familiyasidagi “o‘g‘li” va “qizi” degan qo‘shimchalarni “ov” va “ova” qo‘shimchalariga almashtirishni so‘ragan. Qirg‘izistonda ism va familiyani o‘zgarishtirsh tartibi osonlashtirilgani uchun talabgorlar soni Rossiyaga borayotgan muhojirlar hisobiga oshmoqda.

Qirg‘izistoninng Botken viloyatida joriy yilda 3 mingdan ortiq fuqaro familiyasini ruschalashtirgani, ya‘ni familiyasiga “ov” yoki “ova” qo‘shimchalarini qaytargani rasman qayd etildi.

Botken viloyati Fuqaroviy aktlarni ro‘yxatga olish bo‘limi mudiri Gulmira O‘mo‘sho‘vaga ko‘ra, bu holat, ayniqsa, joriy yilda ko‘paygani ko‘zga tashlanmoqda. Bunga Rossiyada ishlovchi mehnat muhojirlarining familiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelayotgani sabab ekani aytildi.

Rasmiyga ko‘ra, bu borada tartib-qoidaning yengilligi hamda davlat bojining arzonligi (100 qirg‘iz so‘mi, qariyb 2 AQSh dollari) talabgorlarni soni oshishiga sabab bo‘lmoqda.

- Botken viloyati bo‘yicha familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan 3 ming 325 fuqaro ro‘yxatga olingan. Bizda ko‘p hollarda “qizi”, “o‘g‘li” qo‘shimchalarini “ov”ga o‘zgartirishayotgan edi. So‘nggi kunlarda esa familiyasini boshqa familiyaga o‘zgartirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ham ko‘p murojaat qilayapti, - deydi Gulmira O‘mo‘sho‘va.

Qirg‘izistonda familiyasini almashtirishni istovchilardan nikoh guvohnomasi, o‘zi va farzandlarining metrikasini ham almashtirishi so‘raladi, hamda pasport stolda anketa to‘ldiriladi. Anketada familiya nima sababdan o‘zgartirilayotgani ko‘rsatilishi kerak.

O‘shlik huquq faoli Izatillo Raxmatulayevga ko‘ra, ism-familiyasini o‘zgartirayotganlar orasida o‘zbeklar ham ko‘p uchraydi. Lekin o‘zbeklar ismini, asosan diniy e‘tiqodi nuqtai-nazaridan kelib chiqib o‘zgartirayapti.

- Ismi-familiyasini o‘zgartirganlar juda ko‘p. Birinchidan, 90-yillarning boshlarida farzandiga falonchi qizi yoki o‘g‘li deb yangi nomlar berishgandi. Shular muxojirlikda turli qiyinchiliklarga duch keldi va yana familiya, ism va otasining ismini olayapti. Ikkinchidan, Qirg‘izistonda islom rivojlangani sari ko‘p odamlar "Qu‘onda yo‘q isimlar ekan", deb ismini o‘zgartirdi. Ismini islomiylashtirayotganlarning asosiy qismi o‘zbeklarni tashkil etadi, deydi Izatillo Rahmatulayev.

Qirg‘iziston Davlat ro‘yxatga olish xizmati rasmiysi Klara To‘qto‘bayevaning ma‘lum qilishicha, 2014 yilda mamlakatda 37 ming 921 odam ism-familiyasini o‘zgartirgan va ularning aksariyati Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan mehnat muhojirlaridir.

O‘tgan yili Qirg‘izistonda familiyasini o‘zgartirganlar soni 36 ming 462 kishini tashkil etgan.

XS
SM
MD
LG