Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:56

Belarus Rossiya bilan chegarada bojxona nazoratini tikladi


Kreml Belarusni Bojxona ittifoqi qoidalariga xilof ravishda Rossiyadan kelayotgan transportni tekshirayotganlikda ayblamoqda. Belarus hukumati ikki ittifoqdosh davlat o‘rtasida bojxona nazorati tiklanganini rasman tasdiqlamagan bo‘lsada, Ozodlik muxbirlari chegarada chindan ham bojxona nazorati qayta tiklanganiga guvoh bo‘lib qaytdi. Kuzatuvchilar bu holatni Rossiya hukumatining Belarusdan kelayotgan tovarlarga qo‘ygan cheklovi bilan izohlamoqda.

Belarus Rossiya bilan chegarada bojxona nazoratini tikladi

Rossiya Federal bojxona xizmati rasmiy vakili Yelena Grachning bildirishicha, Belarus hukumati Rossiya bilan chegaradagi barcha bojxona nazorati punktlari ishini qayta tiklagan.

- Biz tomonimizdan bojxona nazorati amalga oshirilmayapti, dedi Rossiya Bojxona xizmati vakilasi.

Lukashenko hukumati hanuzgacha bu masalada biror izoh berganicha yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Rossiya-Belarus chegara punktlarida bir necha kilometrga cho‘zilgan transport navbati yuzaga kelgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘la boshladi.

Ozodlik Radiosining Belarus xizmati muxbiri ikki davlatni bog‘lab turuvchi M1 trassasida bo‘lib qaytdi va chegarada Belarus tarafidan nazorat kuchaytirilganiga guvoh bo‘ldi. Biroq u navbatlar yo‘qligi, ammo chegaradan o‘tayotgan har bir yengil va yuk mashinasi tekshirilayotganini ma‘lum qildi.

Беларус-Россия чегарасида божхона назорати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:47 0:00

“Ko‘p hollarda haydovchilarning faqat hujjatlari tekshirilmoqda, ayrim avtomobillarni esa mobil bojxona punkti xodimlari tekshirayotganini ko‘rish mumkin”, deya xabar qildi muxbir. U bundan bir necha kun oldin haqiqatan Rossiya-Belarus chegarasida katta yuk mashinalardan iborat navbatlar yuzaga kelganini aniqladi.

Bu ikki davlat o‘rtasida bojxona nazorati 2011 yil, 1 iyulida Bojxona ittifoqi tuzilganidan so‘ng bekor qilingan edi.

Lukashenko Rossiyani odobsizlikda aybladi

Xabarlarda aytilishicha, Belarus hukmatining bojxona nazoratini qayta tiklashi Moskvaning Minskni Yevropa tovarlarini Rossiyaga reeksport qilayotganlikda ayblashiga javobdir. Gap shundaki, 30 noyabr kuni Rossiya hukumati belaruslik tadbirkorlarga o‘z hududidan uchinchi mamlakatlarga saknsiyalarga uchragan tovarlarni tranzit qilish va olib kirishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Aleksandr Lukashenko Belarusda ishlab chiqarilgan bir qator tovarlarning Rossiyaga eksporti to‘xtatib qo‘yilganini g‘ayriqonuniy, deb atagan.

- Rossiya ko‘plab Belarus korxonalariga o‘z hududiga oziq-ovqat mahsulotlarini kiritishni ta‘qiqlab beodoblik qildi.Belarus tovarlarining Rossiyaga yetkazib berilishi bu mamlakatda narxlarning keskin oshib ketishiga to‘sqinlik qilib turibdi. Bu esa ayrim qalloblarga qo‘l kelmaydi. Gap shundaki, Rossiya Bojxona ittifoqida kelishilgan barcha shartnomalarni buzishgacha bordi! Albatta, buni muayyan xavfsizlik, terrorchilikka va boshqaga qarshi kurash bilan izohlash va yorliq yopishtirish mumkin. Ammo biz tushunib turibmizki, Rossiya bizning orqamizda turib,biz ham taqiqlashimizni, biz ham kiritmasligimizni istamoqda, degan edi Belarus G‘arb mamlakatlari bilan o‘z shartnomalarini va iqtisodiy aloqalarini uzmasligini ochiq-oydin tushuntirgan Aleksandr Lukashenko.

Belaruslik iqtisodchi Leonid Zlotnikov Minsk rahbariyati o‘z hatti-harakatlari bilan Belarus tovarlarining G‘arb va Rossiya tovarlari bilan raqobatlasha olmasligini tan olayotganini gapiradi.

- Bu nima uchun kerak? Birinchi taxminimiz: bu rossiyaliklarning belaruslarga kontrabanda qilib mo‘may daromad olishga to‘sqinlik qilayotganidan Lukashenkoning g‘azablangani natijasidir. Ikkinchisi: shu tariqa Belarus tovarlarining Rossiya bozorida raqobatbardosh emasligidan darakdir, mumkin shu tariqa mamlakat iqtisodiyotidagi muammolarni ruslar muammolari bilan bog‘lashdir, deydi iqtisodiyot mutaxassisi Leonid Zlotnikov.

Iqtisodchi Rossiya va Belarus o‘rtasida boshlanib ketgan nizo Bojxona ittifoqi loyihasining to‘liq ishga tushmasdan barham topishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qildi.

Kuzatuvchilar Rossiyaning G‘arb mamlakatlari e‘lon qilgan “sanktsiyalar urushi”ga o‘z ittifoqdoshlarini ham tortayotgani na Nazarboyev, na Lukashenko va na bu tuzilmaga kirishga ishtiyoqmand bo‘lgan boshqa davlatlarga yoqib tushayotganini ta‘kidlamoqda.

Ayni paytda, ekspert 2015 yilning 1 yanvaridan Yevroosiyo iqtisodiy kengashi ishga tushishi va Belarus-Rossiya chegarasi to‘liq ochilishi hamda uchinchi mamlakatlardan tovarlar Belarusga oqib kelishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG