Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:45

Time: Ebolaga qarshi kurashayotgan shifokorlar yil odami deb topildi


Ebola virusiga qarshi kurashayotgan shikoforlar “Time” jurnali tarafidan yil odami deb topildi.

Shuningdek, nashr g‘oliblikka yaqin kelgan to‘rt nafar da‘vogar nomlarini ham e‘lon qildi.

Ular AQShning Fergyusson shahrdagi namoyishchilar, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Iroqdagi Qurdiston yetakchisi Mas‘ud Barzaniy va Alibaba Group shirkati rahbari Djek Malardir.

Joriy yilda yil odami nomiga nomzodi ko‘rsatilganlar orasida Rim Papasi Frantsisk, Germaniya Kantsleri Angela Merkel, 17 yoshli pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzay va Nigeriyada "Boko Haram" tarafidan o‘g‘irlab ketilgan qizlar bor.

Ebola hastaligi joriy yilda g‘arbiy Afrikada besh mingdan ziyod odam yostig‘ini quritdi. Birgina Liberiyada virusni yuqtirgan 2700 odam hayotdan ko‘z yumdi.

Yaqinda O‘zbekiston hukumati rasmiylari Ebola virusining mamlakatga kirib kelishi oldini olish maqsadida o‘z fuqarolarini ushbu virus tarqalgan mamlakatlarga safar qilishini cheklagan edi.

"Time" nashrining "yil odami" nomi eng ko‘p muhokama qilingan yoki insoniyat hayotiga hoh ijobiy, hoh salbiy bo‘lsin, katta ta‘sir ko‘rsatgan shaxslar yoki shaxslar guruhiga beriladi.

XS
SM
MD
LG