Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:13

Moliyaviy jinoyatlarda ayblangan Guliston universiteti rektori ishdan olindi


Guliston Davlat universiteti
Guliston Davlat universiteti

Guliston Davlat universiteti rektori Ashraf Eminov egallab turgan vazifasidan bo‘shatildi. Bu haqda Ozodlikka xabar bergan manbaga ko‘ra, rektor o‘qituvchilar reytingni oshirib yozish orqali davlat pulini o‘zlashtirish va boshqa moliyaviy jinoyatlarda ayblanyapti.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining buyrug‘i bilan Guliston Davlat universiteti rektori Ashraf Eminov vazifasidan bo‘shatildi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan gulistonlik manbaga ko‘ra, rektor universitetda yo‘l qo‘yilgan bir qancha moliyaviy qonunbuzarliklarga aloqadorlikda ayblanmoqda:

“Oliy ta‘lim vazirining birinchi o‘rinbosari universitetga kelib majlis o‘tkazdi. Bu majlisda kafedra mudirlari va dekanlar ishtirok etgan. Vazir o‘rinbosari rektorlaring ishdan bo‘shatildi, bosh buxgalterlaring bilan reviziya-moliya bo‘limining boshlig‘i rektorlaringni boshiga yetdi, juda katta miqdordagi moliyaviy jinoyatlar aniqlandi, deb aytdi", deydi manba.

Guliston Davlat universitetining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimlaridan birining aytishicha, universitetda o‘qituvchilar reyting ballini oshirib yozish yo‘li bilan katta miqdordagi mablag‘ o‘zlashtirilgan:

“O‘qituvchilarning reyting ballini oshirish hisobiga 41 million so‘m o‘zlashtirilgan deyilyapti. Masalan, o‘qituvchi 55 baldan yuqori reyting balliga ega bo‘lsa, u yuqori stavkada maosh oladi. Reviziya-moliya bo‘limi boshlig‘i o‘sha reyting ballarini ko‘tarib yozib bergan. Albatta bularning hammasiga rektor imzo chekkan. Albatta o‘sha o‘qituvchilar bilan o‘rtada qandaydir kelishuv bo‘lgan bo‘lishi tabiiy”, deydi o‘qituvchi.

Uning aytishicha, bundan tashqari rektorning haydovchisi ham katta miqdordagi pulni o‘zlashtirgan:

“Rektorning haydovchisi bor. Ilgari bu yigit universitetning komendanti bo‘lib ishlagan. Shu yigit komendantlik davrida universitetga qarashli moshinalarni sotib, qariyb 40 million so‘m pulni o‘zlashtirgan, deyishyapti”, dedi o‘qituvchi.

Universitetda ishlaydigan boshqa bir manbaning aytishicha, rektorning ishdan olinishiga bu yilgi paxta mavsumida kaltaklab o‘ldirilgan 2-kurs studenti Shamsiddin Bobosaidovning ishi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Universitet ma‘muriyatining o‘zini tanishtirmagan mulozimi rektor, bosh buxgalter va reviziya-moliya bo‘limi boshlig‘ining ishdan bo‘shatilganini Ozodlikka tasdiqladi. Uning aytishicha, prorektor Nusratulla Barakayev vaqtinchalik rektor vazifasini bajaruvchi qilib tayinlangan.

Bundan oldin, joriy yilning 5 sentyabrь kuni Guliston Davlat universitetining ma‘naviy va ma‘rifiy ishlari bo‘yicha prorektori 35 yoshli Sulton Normamatov pora olganlikda gumonlanib, milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan ish kabinetida hibsga olingan edi.

XS
SM
MD
LG