Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:12

Qrimliklar ukrainalik "norozi" ishchilar rolini 400 rublga o‘ynab berdi


Qrimning Simferopol shahrida Ukrainadagi Odessa mineral o‘g‘itlar zavodining ishchilari rolini o‘ynab bergan qrimlikliklarga 400 rubldan berildi. Talaba va pensionerlar go‘yo ukrainalik bo‘lib, Kiyev hukumatiga norozilik bildirdi.

“Hujjatli film”dagi ommaviy sahnalarda o‘ynash istagida bo‘lganlarni taklif qilish haqidagi e‘lon bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Andrey Nikolayev sahifasida paydo bo‘ldi.

Nikolayev ommaviy tadbirdagi bir yarim soatlik ishtirok uchun 400 rubldan pul va‘da qildi. U bu filmda ishtirok etishni istaganlarga 9 dekabr kuni soat 13 da “Ashan” supermarketi oldida yig‘ilishni taklif qildi.

Tayinlangan vaqtda supermarket oldida asosan talaba va pensionerlardan iborat 200 ga yaqin odam yig‘ildi.

Guruh sardorlari hammani ro‘yxat qilib, avtobuslarga chiqardi. Yo‘lda ketishayotganda qayoqqa borishayotgani va qanday filmga suratga tushirilishi haqida hech kim hech qanday tasavvurga ega emasligi aniq bo‘ldi.

O‘nlab avtobuslar odamlarni Simferopol GRESi hududidagi korxonalardan birining oldiga olib bordi. Odamlarni avtobuslardan tushirib, kameralar oldida qator bo‘lib turishga undashdi.

“Bugun biz ijtimoiy reklamalar seriyasidagi epizodlarni suratga olamiz. Biz zavod oldidagi to‘polonni olamiz. Sizlardan ko‘p narsa talab qilinmaydi. Hozir sizlarni zavod devori oldida kolonna qilib tizamiz. Ba‘zilaringizga ko‘tarib turish uchun plakatlar, transparantlar beramiz”, deb e‘lon qildi tashkilotchilardan biri.

Украиналик "норози" ишчи ролини ўйнаб берган қримликлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:41 0:00

Tashkilotchining aytishicha, bu o‘z huquqlari uchun kurashayotgan ishchilar noroziligini aks ettirishi lozim. Tashkilotchi bu “reklama” Rossiya uchun olinmayotganini ham qo‘shimcha qildi.

Xushyor pensionerlar esa Rossiyaga qarshi kinoga tushmasliklarini aytishdi. Shundan so‘ng bu Ukraina loyihasi va u yerda vaziyat yaxshi bo‘lmagani uchun Qrimda suratga olinayotganini aytib, penisonerlarni tinchlantirishdi.

Tashkilotchilar gap faqat bir korxona ustida emas, balki zavodlar bilan bog‘liq bugungi holat haqida film olmoqchi ekanliklarini aytdilar.

“Mitingchi”larni qo‘llariga plakatlar berilganidan so‘ng bu film Odessadagi mineral o‘g‘itlar zavodi haqida film olinayotgani ma‘lum bo‘ldi.

“Noqonuniy xususiylashtirish bo‘lmasin!”, “Xalqni talash bas qilinsin!”, “OPZ – oligarxlarniki emas, xalqniki!” kabi plakatlar va “Blokadani oching! Donbass bilan ishlashga qo‘ying!”, “Kolomoyskiy, zavoddan qo‘lingni tort!” kabi transparantlarni ko‘targan odamlar 15 minut davomida zavodni yopmaslikni talab qilib, suratga tushdilar.

Soat 15 da ommaviy sahnalarni suratga olish tugab, “aktyor”larning ish haqlari taqsimlab berildi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu “ijtimoiy reklama” tashkilotchilarga, transport xarajatidan tashqari, 80 ming rublga tushgan.

Ommaviy sahnalar tashkilotchilari qanday maqsadda bu filьmni olayotganliklariga izoh bermagan bo‘lsa-da, Krim.Realii muxbirlari plakatlardagi yozuvlardan gap nima haqda ketayotganini surishtirdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, simferopolliklar o‘zlari bilmagan holda Ukrainadagi Odessa mineralь o‘g‘itlar zavodining ishchilari bo‘lib suratga tushganlar. Bu ishchilar zavodning 5 foiz aktsiyasini Ukraina davlat mulk fondi sotuvga qo‘yganiga go‘yoki norozilik bildirganlar.

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, zavodni sotib olmoqchi bo‘lgan nomzodlar orasida Rossiyadagi “Uralxim” kompaniyasi raisi Dmitriy Mazelin va Dnepropetrovsk viloyati ma‘muriyati boshlig‘i Igor Kolomoyskiy hamda Dmitriy Fartash singari ukrainalik oligarxlar ham bor.

Odessa mineral o‘g‘itlar zavodi 1978 yilda qurilgan bo‘lib, ammiak, karbamid va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan dunyodagi eng katta uchta korxonadan biridir.​

XS
SM
MD
LG